Ekspluatasiya instituti


 Aerodrom va uning asosiy elementlari



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
5fca3a27369a7

3. Aerodrom va uning asosiy elementlari. 
Havo transportining afzalligi tez 
va baland ucha olishi bilan aloqani tezda amalga oshirishidir. Muayyan punktlar 
orasida aloqa o„rnatish uchun havo yo„llari, aeroport va yangi avialiniyani 
radiotexnika vositalari bilan jihozlashning o„zi kifoya qiladi. Aeroportlarni boshqa 
transport turlari bora olmaydigan tumanlarga qurish mumkin. Havo yo„li samolyot 
xizmati uchun hamma vaqt tayyor. Uni avtomobil yo„llari va temir yo„llar kabi 
qurish yoki suv magistrali kabi chuqurlatish va kengaytirish talab etilmaydi. Mana 
shuning uchun ham fuqoro aviatsiyasi transportning boshqa turlariga qaraganda 
juda qisqa muddatlarda yangi aloqa yo„llarini tashkil qilishga qodir (9.4-rasm).
 
9.4-rasm. O„zbekiston havo yo„llari aerodromlari 
Juda ko„p vaqt to„xtamasdan, to„g‟ri bora oladigan aloqa marshrutlari tashkil 
qilish - havo transportining ya‟na bir afzalligidir. Fuqoro aviatsiyasi juda qisqa va 
to„g‟ri havo trassalaridan foydalanib, transportning boshqa turlarida borib 
bo„lmaydigan har qanday punktlar oralig‟iga qo„nmasdan yuk va yo„lovchi tashib 


67
bera oladi. Havo transporti yuqori manevrchanligi hamda yo„lovchi va yuk 
oqimlari o„zgarishiga muvofiqlanishi uning yana bir muhim afzalligidir. 
Havo transportning kamchiliklaridan biri transportining boshqa turlariga 
nisbatan yuk va yo„lovchilar tashish tannarxining bir necha marta kattaligidir. 
Tashish tannarxining yuqori darajada bo„lishi sabablari birinchidan, samolyot 
uchishi uchun kerak bo„lgan zarur yukning katta vaznliligi, ikkinchidan yuk 
kutarish birligiga tug‟ri keladigan dvigatel quvvatining kattaligidirki, bu o„z 
navbatida yonilg‟ining ko„p sarflanishiga olib keladi. 
Havo transportining yana bir kamchiligi uning ushishiga ob-havo sharoitining 
ta‟sir qilishidir. 
Yuqorida bayon qilingan kamchiliklar havo transportining yo„lovchilar va 
yuk tashishdagi katta mohiyatini sira kamsitmaydi. Uchish xavfsizligini 
ta‟minlashga alohida e‟tibor beriladi. Xavfsizlik muammolari ikki yo„nalish - 
uchish apparatlari puxtaligi va mustahkamligini oshirish va erdan turib 
samolyotlarni har qanday murakkab sharoitlarda boshqarib borish vositalarining 
aniq ishlashi bo„yicha olib boriladi. Uchish xavfsizligi ko„p hollarda harakatni 
boshqarish tizimlariga bog‟liqdir. Ayniqsa bu masala uchish oqimlari ko„p erlarda 
katta ahamiyatga ega va bunday hollarga samolyotlar to„qnashmasligi uchun 
ularning uchish balandliklari va intervallarini eshalonlarga bo„lish lozim. Har xil 
turdagi samolyotlar uchun maxsus uchish koridorlari ham belgilanadi. Ko„rsatilgan 
koridorlardan samolyotlar ruxsatsiz chetga chiqmasliklari kerak. 
Hozirgi vaqtda aeroportlarda samolyotlarni qo„ndirish va uchirish ishlarida 
EHM dan foydalaniladi. Murakkab sharoitlarda EHM samolyotlarning uchish 
traektoriyalari va boshqa zarur shartlarini hisoblab chiqib, samolyot boshqaruvchi 
uchuvchiga tayyor ma‟lumotlar etkazib beradi. 
Havo transportini rivojlantirishdagi asosiy yo„nalishlardan biri maksimal 
uchish tezligini oshirishdir. Uchish tezligini oshirish insoniyatning azaliy orzusidir. 
Hozirgi 1000 km/soat tezlik bilan uchish yuqori pog‟ona bo„lmay qoldi. Endilikda 
O„zbekiston Respublikasida va boshqa mamalakatlarda tovush tezligidan (1200 
km/soat) tez uchadigan yo„lovchi samolyotlari qatnab turibdi. Bular qatoriga TU-
144 samolyoti (uchish tezligi 2500 km/soat) kiradi. 
Hozirgi kunda soatiga 6500 km tezlik bilan uchadigan eksperemental 
samolyot yaratilgan. Bunday tezlikda uchuvchi apparatlar gipertovushli 
samolyotlar deb ataladi. 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin