Ekspluatasiya instituti



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
5fca3a27369a7

Nazorat savollari 
1.
Temir yo„l harakat tarkibiga nimalar kiradi? 
2.
Temir yo„lning yo„l poyini ko„rinishini chizib bering? 
3.
O„zbekistonda temir yo„l izi oralig‟i necha mm belgilangan? 
4.
O„zbekiston hududida temir yo„llarning rivojlanish tarixi nechanchi yildan 
boshlanadi? 


56
5.
“O„zbekiston temir yo„llari” Davlat Aktsiyadorlik Temir Yo„l Kompaniyasi 
qachon tashkil topgan? 
6.
Keyingi yillarda Respublika ichkarisida temir yo„llarning qanaqa yangi 
yo„nalishlari qurilib ishga tushirildi? 
7.
Mustaqillik yillarida qanday elektropoezd yo„nalishlari ochildi? 
8.
“Afrosiyob” tez yurar lakomativi qaysi davlatdan olib kelindi? 
9.
Temir yo„llar tarmog‟ining hozirgi holati haqida nima bilasiz? 
10.
Temir yo„l stantsiyalari nima vazifani bajaradi? 
8-MA‟RUZA: SUV TRANSPORTIDAGI ALOQA YO‟LLARI VA UNING 
XALQ XO‟JALIGIDAGI O„RNI
Reja: 
1.
O„zbekiston Respublikasi daryo yo„llari va ularga qo„yiladigan talablar. 
2.
Portlar. 
3.
Kema qatnaydigan daryolarda quriladigan ko„priklarga qo„yiladigan talablar. 
Tayanch so„zlar: 
suv yo„llari, portlar, kanallar, ko„priklar, daryolar. 
1. O„zbekiston Respublikasi daryo yo„llari va ularga qo„yiladigan 
talablar. 
Dengiz transporti ichki yuklarni tashish bilan birga, ko„pgina tumanlarni 
iqtisodiy rivojlanishiga ta‟sir ko„rsatadi. Dengiz transporti chet mamlakatlar bilan 
iqtisodiy aloqalar olib borishda muhim ahamiyatga ega. O„zbekiston 
Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga to„siq bo„layotgan muammolardan biri 
bu dengizlardan o„zoqdaligidir.
 
Hozirgi kunda O„zbekistonda umumiy uzunligi 500 km bo„lgan suv yo„li 
mavjuddir. Bu Amudaryo orqali bo„lib, bunda kichik hajmdagi yuklarni tashishda 
keng foydalaniladi. Daryo yo„llari ommaviy yuklarni tashishda katta ahamiyatga 
ega: yog‟och, neft, qurilish materiallarini tashishda arzon transport turi bo„lib 
hisoblanadi. 
O„zbekistonda eng katta daryolardan Sirdaryo bo„lib, uzunligi 2206 km ni 
tashkil qiladi. O„zbekiston daryolaridan Amudaryo uzunligi 1437 km, Zarafshon 
781 km, Norin daryosi uzunligi 534 km, Qashqadaryo uzunligi 310 km, Ohangaron 
daryosi uzunligi 236 km ni tashkil qiladi. O„zbekistondagi daryolar xaqida umumiy 
ma‟lumot quyidagi 8.1-jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin