49
“O„zbekiston temir yo„llari” DATYK 1993 yildan boshlab temir yo„llar
hamdo„stligi Tashkilotiga (OSJD) a‟zo. Kompaniya xalqaro temir yo„llar
uyushmasi (MSJD) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy
komissiyasi (ESKATO) bilan yaqindan aloqa o„rnatgan. DATYK Evropa Ittifoqi
Komissiyasining TASIS dasturining TRASEKA (Evropa-Kavkaz-Osiyo transport
koridori) loyihasi bo„yicha qo„shma ish olib bormoqda.
Kompaniyaning asosiy yo„llarinig umumiy uzunligi bugungi kunda 3645
kilomterni tashkil etadi. Kompaniyada 54,7 mingdan ziyod kishi ishlaydi.
Kompaniyaning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining
90% ga yaqinini tashkil etadi. Hozirgi kunda kompaniya strukturasi tubdan isloh
qilinmoqda. Asosiy e‟tibor alohida sohalarni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga qaratilmoqda.
Respublikamizni qo„shni davlatlar bilan bog‟laydigan temir yo„llar qaytadan
ta‟mirlandi va sifat jihatdan o„zgartirildi. Respublika ichkarisida temir yo„llarning
yangi yo„nalishlari loyihalana boshlandi. Keyingi yillarda “Navoiy-Zarafshon-
Uchquduq-Urgench-Nukus” va “Qarshi-G‟uzor-Qumqurg‟on” yo„nalishlarida
yangi temir yo„llar qurilishi tugallanib foydalanishga topshirildi.
Amudaryo
ustidan ulkan temir va avtomobil yo„li ko„prigi qurib ishga tushirildi.
Temir yo„llar sohasida bir qator islohatlar amalga oshirildi. Temir yo„llar
parki jahon standartlariga mos qilib modernizatsiya qilindi. Bir qator zamonaviy
talablarga mos keladigan lakomativlar olib kelindi va ishga tushirildi.
Turizmni yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand, Buxoro, Qarshi
shaharlariga yangi yo„nalish reyslari ochildi. Bularga misol qilib “Afrosiyob”,
“Registon”, “Sharq” va “Nasaf” poezd yo„nalishlarini olishimiz mumkin.
Mustaqilligimiz 20 yilligiga munosib tuyyona sifatida 2011 yil sentyabr oyida
Ispaniyaning “PATENTES TALGO, S.L.” kompaniyasi
mutaxassislari bilan
hamkorlikda “Afrosiyob” tez yurar (tezligi 250 km/soat) lakomativi olib kelinib
“Toshkent-Samarqand” poezdi yo„nalishi ishga tushirildi. Buning uchun
temiryo„lchilar tomonidan Guliston-Jizzax shaharlari orasida yangi temir yo„l izlari
yotqizilib ishga tushirildi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 iyundagi “Angren-Pop
elektrlashtirilgan temir yo„l liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari
to„g„risida” gi qarori asosida bunyod etilayotgan mazkur
elektrlashtirilgan temir
yo„l liniyasi eng avvalo mamlakatda yagona milliy temir yo„l tarmog„i yaratish
imkonini beradi.
Ushbu temir yo„lning uzunligi 123,1 km ni tashkil etadi, ushbu hududda 43
million kub metir tuproq ishlari hamda 16,3 million kub metr burg„ulash-portlatish
ishlari to„liq amalga oshirildi.
50
Loyiha asosida 285 ta sun‟iy inshoot va suv o„tkazish quvurlari,
umumiy
uzunligi 2,1 km ni tashkil etuvch 13 ta temir yo„l ko„prigi, 6 ta yo„l o„tkazgich, 4 ta
temir yo„l stansiyasi, 4 ta razyezdi va 2 ta vokzal qurib bitkazildi hamda 19,1 km
uzunlikdagi tunnel qazildi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo„l liniyasi qurilishini loyihasi
murakkbligi bo„yicha dunyo miqyosida birinchi 8 talikdan, loyiha doirasida
qurilayotgan tunnel uzunligi bo„yicha birinchi 13 talikda joy olgan.
Dostları ilə paylaş: