Ekspluatasiya instituti



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
5fca3a27369a7

3. Quvib o„tish yo„llari. 
Mustaqil punktlar temir yo„lini peregon (stantsiyalar 
oralig‟i) uchastkalariga bo„lib turadi. Mustakil uchastkalarga, stantsiyalar, poezdlar 
uchrashib o„tadigan yo„l (raz‟ezd) quvib o„tish punktlari va kuzatuvchi punktlar 
kiradi. Quvib o„tish punktlari ikki yo„lli izlarda poezdlarni quvib o„tish uchun, 
poezdlar uchrashib o„tadigan yo„l (raz‟ezd) bir yo„lli izlarda quvib o„tayotgan 
poezdlar yo„nalishi kesishishi uchun quriladi.
 
Stantsiya - bu ko„p izli va qurilmalarga ega bo„lgan mustaqil punkt bo„lib, 
faqat poezdlarni uchrashishi, quvib o„tishi uchun emas, bir qator tashish jarayoni 
ishlarini (yuk, kommertsiya, yo„lovchi va texnik) bajaradi. 
Stantsiyalar temir yo„l transporti sohasining asosiy korxonalaridan bo„lib, ular
bajariladigan ish hajmi va sifatiga ta‟sir qiladi. Ish xarakteri va nima maqsadga 
mo„ljallanilganiga qarab stantsiyalar quyidagilarga bo„linadi: oraliq uchastka, 
saralash, yuk, yo„lovchi stantsiyalariga. Oraliq stantsiyalar asosan poezdlarni qabul 
qilish, jo„natish va o„tkazishga mo„ljallangan. Oraliq stantsiyalari orasidagi masofa 
15-20 km. (7.5-rasm). 


55
7.5-rasm. Quvib o‟tish yo‟llari 
4. Temir yo„lidagi qurilmalar. 
Uchastka stantsiyasi asosan tranzit 
poezdlarga ishlov berish uchun mo„ljallangan. Bu erda vagonlarga texnik xizmat 
ko„rsatiladi, lakomotivlar brigadalari almashadi. Bu stantsiyalarda izlar soni 10-20 
taga etadi. Bu erda lakomotiv depolari, yo„lovchi va yuk xo„jaligi inshootlari
signallashtirish va aloqa qurilmalari bo„ladi. Saralash stantsiyalariga, poezdlarni 
ommaviy tuzish va bo„lib yuborishga mo„ljallangan stantsiyalar kiradi. Saralash 
stantsiyalari ommaviy yuk oqimi qayta ishlanadigan punktlariga, ya‟ni yirik sanoat 
markazlariga, katta dengiz va daryo portlariga, yirik temir yo„l tugunlariga 
kiraverishda joylashadi. Saralash stantsiyalarida odatda lakomativ va vagon 
depolari, yo„lga xizmat ko„rsatish, signallashtirish va aloqa korxonalari joylashadi.
 
Yuk stantsiyalari asosan yuk va kommertsiya operatsiyalarini bajarishga 
mo„ljallangan, masalan yuklarni ortish va tushirish. Yuk stantsiyalari yuk 
hovlilarida yoki sanoat korxonalarining kirish yo„l shaxobchalarida joylashtiriladi. 
Yo„lovchi stantsiyalari yirik shaharlarda yo„lovchilarga xizmat ko„rsatish va 
yo„lovchi tarkiblariga ishlov berish uchun quriladi. Bu stantsiyalar katta iz 
tarmoqlariga, maxsus vokzal, lakomotiv va vagon deposiga, signallashtirish va 
aloqa qurilmalariga ega bo„ladi. 
Harakat xavfsizligini ta‟minlash va boshqarish vositalaridan foydalanish 
ishlarini boshqarish, avtomatika va aloqa komplekslari qurilmalarini o„z ichiga 
oladi. 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin