2. Temir yo„l tarmoqlari.
Bugungi kunda Respublikada temir yo„llarning
foydalanuvdagi uzunligi 3645 km ni tashkil qiladi. Shundan 3009 km bir izli, 636
km ikki izli temir yo„llar hisoblanadi. O„zbekistonda temir yo„llar rels oralig‟i
1520 mm ni tashkil qiladi. Bu ko„rsatkich boshqa mamlakatlarda 1600, 1667 va
1676 mm ni tashkil qiladi.
Temir yo„l transportining asosiy texnik jixozlariga doimiy qurilmalar va
harakat tarkiblari kiradi. Temir yo„l harakat tarkibiga lokomotivlar, motorli vagonli
harakat tarkibi va vagonlar kiradi. Lokomotivlarga: elektrovozlar, teplovozlar,
gazotrubovozlar, paravozlar kiradi. “O„zbekiston temir yo„llari” DAK
mutaxassislari tomonidan “Toshkent-Samarqand” yo„nalishida “Afrosiyob” tez
yurar lakomativi yuqori tezligini, sifatli va xavfsiz harakatlanishini ta‟minlash
maqsadida yuk poezdlari harakatlanishi uchun qurib bitkazilgan bir yo„lli “Yangier
– Dashtobod” uchastkasi foydalanishga topshirildi. Qolaversa, 60 kilometrlik
“Dashtobod – Jizzax” uchastkasi bo„ylab yangi yo„lning qurilishi va
elektrlashtirish ishlari ham jadallik bilan davom ettirilmoqda (7.1-rasm).
Qurilish ishlarini kompaniyaning Yo„l xo„jaligi boshqarmasi tasarrufidagi
OPMS-203, EP-1 hamda SPMS
kabi korxonalarning og‟ir texnikalari va
yo„lsozlari ikki smenada ish olib borishmoqda. Uchastka bo„ylab tuproq ko„tarma
ishlari tugatilib, panjarali relslar yotqizildi. Relslar atrofi zarur shag‟al mahsulotlari
bilan to„ldirildi. Uchastka oralig‟ida 4 ta raz‟ezd, 5 ta yo„lni kesib o„tish joylari
bunyod etildi. Ayni paytda temir yo„lning bir qismida panjarali relslar to„liq
yotqizib bo„lindi. Po„lat izlarni yotqizish ishlari Yo„l xo„jaligi boshqarmasining
zamonaviy transport vositalari yordamida amalga oshirilmoqda. Zarur
mahsulotlardan iborat temir-beton qurilmalar, shpallar, ko„priklar va boshqa
materillar mahalliy korxonalarda tayyorlanib, qurilish ob‟ektlariga etkazilyapti.
Yangi temir yo„l ob‟ektining qurilishi respublikamiz temir yo„llarini
takomillashtirish, yo„lovchi va yuk tashish ishlarini bajarishda qulayliklarni yo„lga
qo„yish, belgilangan manzilga tez va ishonchli etib borishlarini ta‟minlash, harakat
xavfsizligi hamda sarf-xarajatlarni kamaytirish asnosida iqtisodiy tejamkorlikni
yuzaga keltiradi.
51
7.1-rasm. O„zbekiston Respublikasi temir yo„llari xaritasi
Temir yo„llarning ko„ndalang kesimi
Temir yo„l - yo„l poyiga chaqiq tosh, shag‟al, yoki qum yotqizilgan bo„lib,
uning ustiga temir beton va unga pulat relslar o„rnatiladi, yoki yog‟och shpallar va
unga maxsus maxkamlovchi elementlar bilan po„lat relslar maxkamlangan qurilma
o„rnatiladi (7.2-rasm).
Dunyodagi turli mamlakatlarda temir yo„llar xar xil iz oralig‟iga ega:
me‟yoriy, keng, o„rtacha, tor (1656-1520-1000-900). Evropada me‟yoriy turdagi iz
oralig‟i 1435 mm ni tashkil qiladi. MDH davlatlarida va Finlandiyada iz oralig‟i
temir yo„ldan foydalanish texnik qoidalariga asosan 1520 mm teng. Stefenson iz
oralig‟ini Evropa mamlakatlari, Kanada, AQSH, Meksika, Turkiya, Eron va
Shimoliy Afrika mamlakatlari qo„llaganlar. Harakat xavfsizligi talbalariga binoan
temir yo„ldagi ko„prik va tunnellarni, yuk va yo„lovchi platformalarini qurishda
ularning temir yo„l izlariga yaqinlashish oraliqlariga alohida talab quyiladi.
7.2-rasm. Temir yo„l poyining ko„ndalang kesimi. 1 – suv chetlatuvchi ariq; 2 –
berma; 3 – asosiy maydon; 4 – temir yo‟l poyi cheti; 5 – qiyalik; 6 – zaxira hudud;
7 – ko‟tarmaning osti qismi; 8 – temir yo‟l cheti
52
Temir yo„llar tarkibidagi yuk va yo„lovchi bekatlari GOST talabiga binoan
harakatlanuvchi tarkiblarning gabarit hajmlari balandligi (ortilgan yuklarni hisobga
olganda) 4280-5300 mm va eni 3150-3600 mm dan oshmasligi belgilangan.
Asosiy temir yo„llardagi qurilmalar balandligi 6400 mm dan va eni 4960 mm
dan kam bo„lmasligi kerak. Zamonaviy magistral temir yo„ldagi sun‟iy inshootlar
va har bir pogonometr izlarga to„g‟ri keluvchi maksimal og‟irlik 80 N va qo„sh
g‟ildirakli yuk vagonlari o„qiga tushuvchi maksimal og‟irlik 820 N, lokomotivlar
xar bir o„qi uchun esa 230 N dan oshmasligi kerak.
O„zbekistonda chet eldan keltirilgan maxsus “Vagon g‟ildiraklarini alohida
holda sinovdan o„tkazish” uskunasi mutaxassislar tomonidan o„rnatildi. Mazkur
qurilma yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar uchun moslashtirilgan bo„lib,
g‟ildiraklarni oson va tez sinovdan o„tkazish imkonini beradi. Kompaniya
mablag‟larini iqtisod qilish va o„z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, mazkur
poezdlar uchun “PATENTES TALGO, S.L.” kompaniyasi mutaxassislari bilan
hamkorlikda “Afrosiyob” lokomotivi telejkalarini sinovdan o„tkazish qurilmasi
Andijon mexanika zavodida tayyorlandi. Sex uchun mo„ljallangan barcha texnik
nazoratdan o„tkazish qurilmalari olib kelinib o„rnatildi va to„la quvvat bilan
ishlamoqda. Ayni damda Ukrainadan olib kelingan “Afrosiyob” poezdlari ustini
yuvish uskunasi o„rnatilib, ishga tushirish ishlari olib borilayapti.
“Afrosiyob”
elektropoezdlari yuqori tezlikda harakatlangani bois ularning texnik va texnologik
sozligi alohida ahamiyatga ega. Shu bois har kuni mazkur poezdlar reysga
chiqishdan avval to„liq nazoratdan o„tkaziladi.
Ispaniyalik mutaxassislar bilan birgalikda “O„zbekiston” lokomotiv deposi
muhandis-texnik xodimlari ham bu boradagi amaliy ko„nikmalarini oshirib
borishyapti. Shu o„rinda aytib o„tish joizki, yuqori tezlikdagi poezdlarga xizmat
ko„rsatuvchi 6 nafar muhandis ispan mutaxassislari bilan amaliy mashg‟ulotlarda
muntazam qatnashib, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o„tib, “Afrosiyob” poezdida
faoliyat olib bormoqda. Mazkur poezdlarning mavjud elektropoezdlaridan bir qator
afzalliklari bo„lib, poezd konstruktsiyasining engilligi evaziga kam energiya
sarflanadi. Yuqori tezlanish, shuningdek, yuqori ishonchlilik, g‟ildiraklarni relsga
nisbatan kam emirilishi, texnik xizmat ko„rsatishda xarajatlarni kamayishiga va
ortiqcha sarf-xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ayni damda sexda ispan
mutaxassislari bilan birga 20 nafar xodim xizmat qilib, poezdlar harakatini tashkil
etishda
muvaffaqiyatli
ish
olib
bormoqda.
Yo„lovchi
tashishlarning
komfortabelligini oshirish va ularni jahon standartlari darajasiga keltirish
maqsadida 2004 yil 15 yanvarda “Uzjeldorpass” OAJ yuqori komfortabelli
tezyurar yo„lovchi poezdi marshrutini tashkil qildi.
Registon Elektropoezdi oltita vagondan iborat bo„lib, yuqori tezlikda
(avtomobil transportidan tezroq) yuradi, bu qisqa muddat ichida yo„lovchilarni
53
Toshkentdan Samarqandga va Samarqandan Toshkentga etkazish imkonini
beradi. Vagonlar qulay o„rindiqlar, ajratilgan kupelar bilan jihozlangan. Har bir
kupeda oltitadan yumshoq o„rindiq bor. 7.3-rasmda Registon Elektropoezdining
komfortabel vagonlari tasvirlangan.
7.3-rasm. Registon elektropoezdi
Darhaqiqat, istiqlolimizning 20 yilligi bayrami arafasida yo„lga tushgan
bunday elektropoyezdlar nainki Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligida yagona, balki
jahon miqyosida ham barmoq bilan sanarli mamlakatlardagina mavjud.
Ushbu tarixiy voqea yurtimiz iqtisodiy salohiyatining o„ziga xos namoyishi
bo„lishi bilan birga, odamlarimizning ma‟naviy-madaniy hayotida, ularning turli
xizmatlarga, jumladan, transport xizmatiga bo„lgan munosabati, talabida katta
o„zgarishlar ro„y berayotganini ham ko„rsatadi (7.4-rasm).
7.4-rasm. “Afrosiyob” elektropoyezdi
54
Vagon konstruktsiyasi yoritilganligi, ergonomikasi, mikroiqlimi, shovqini va
vibratsiyasi bo„yicha sanitar me‟yor talablariga, yong‟in xavfsizligi talablariga
to„liq javob beradi. Konstruktsiya germetikligi va silliqligining ortishi bir xil
turdagi vagonlar sostavida yuqori tezlikda harakatlanishda havo qarshiligining
kamayishini ta‟minlaydi. Yon devorlari va pol zanglamas po„lat listidan yasalgan
bo„lib, bu kuzov tarasining massasini kamaytirish va ta‟mirlash-tiklash ishlarisiz
xizmat muddatini oshirish imkonini beradi. Turbokompressorli (2400aylana/min)
havoni sovutish qurilmasi mikroprotsessorli qurilma yordamida yilning issiq
davrida havo haroratini +24
o
C atrofida avtomat tarzda boshqarish imkonini beradi.
Derazalarning yangi konstruktsiyasi, yangi issiqlik izolyatsiyasining qo„llanishi
tovush yutilishini yanada yuqoriroq darajasini ta‟minlaydi va issiqlik o„tkazish
koeffitsientini kamaytirish imkonini beradi, bu esa o„z navbatida elektroenergiyani
tejash va komfortabellikni oshirshni ko„zda tutadi. Buzilmasdan ishlaydigan,
ekologik toza berk tualet tizimlari ulardan harakatlanish vaqtida va bekatda turgan
vaqtda foydalanish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |