Ekzon va intronlar. Gen klasterlari, promotor


BAKTERIYA, BIR XUJAYRALI EUKARIOT, UMURTQASIZ VAUMURTQALI HAYVONLAR, O‟SIMLIKLAR GENOMLARI TUZILISHI BIR-BIRIDAN FARQ QILUVCHI XUSUSIYATLARI



Yüklə 59,64 Kb.
səhifə3/12
tarix02.07.2022
ölçüsü59,64 Kb.
#62607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jo`raboyeva M

BAKTERIYA, BIR XUJAYRALI EUKARIOT, UMURTQASIZ VAUMURTQALI HAYVONLAR, O‟SIMLIKLAR GENOMLARI TUZILISHI BIR-BIRIDAN FARQ QILUVCHI XUSUSIYATLARI.
DNK molekulasi funksiyasining kashf etilishi
Nuklein kislotalari (NK) shveysariyalik olim F.Misher tomonidan 1869 yilda kashf etilgan edi. Lekin bu kashfiyotning ahamiyati uzoq vaqt tushunilmadi, yetarli baholanmadi. Faqat XX asrning birinchi yarmidan boshlab dunyo biologlari organizm belgilarining irsiylanishini qanday kimyoviy modda ta‘min etadi degan masalani atroflicha muhokama qila boshladilar. 1924 yilda nemis biologi R.Felgen Misher kashf etgan nuklein kislotalari xromosomalarda joylashganligini aniqladi. Shu vaqtgacha klassik genetika sohasidagi G.Mendel (1865), T.Morgan (1911) va ularning izdoshlari amalga oshirgan tadqiqotlar natijasida irsiyat birligi genlar ekanligi va ular xromosomada joylashganligi haqidagi ta‘limot yaratilgan edi. Keyinchalik hujayra yadrosi DNK va oqsillardan tashkil topganligi aniqlandi. Bayon etilgan dalillarga binoan DNK, genlar xromosomada joylashgan. Lekin bu dalillarga asoslanib o‗sha davrda gen tushunchasi bilan DNK molekulasi orasida bog‗liqlik borligi DNK genlarning moddiy asosi ekanligi haqida mantiqiy xulosaga kelinmadi. Chunki DNK molekulasining funksiyasi, irsiyatdagi ahamiyati hali aniqlanmagan edi. Bundan tashqari xromosoma tarkibida DNK dan tashqari deyarlik 60% miqdorda oqsil moddalari mukammalroq tadqiq qilingan, ular polifunksional moddalar ekanligi aniqlangan edi. Shuning uchun ham dastlab irsiyat moddasi oqsil molekulalaridan tashkil topgan degan gipoteza taklif etildi. Rus olimi N.K.Kolsov 1935 yili o‗zining «Irsiy molekulalar» degan asarida irsiyatning moddiy asosi oqsil molekulalari degan gipotezani mukammal bayon etdi. Fanda to‗plangan boy yangi dalillar ta‘sirida bu gipotezanig o‗rniga irsiyatning kimyoviy asosi DNK molekulalari ekanligi haqidagi gipoteza shakllana boshladi. DNK molekulasining strukturasi, funksiyasi va irsiyatning molekulyar asoslari sifatidagi roli ko‗p yillardan keyin, XX asrning o‗rtalariga kelibgina kashf etildi. Endi biz bu buyuk kashfiyotning ochilishini ta‘min etgan ilmiy tadqiqotlarning asosiylari, jumladan bakteriyalardagi transformatsiya, transduksiya hodisalarining ochilishi hamda viruslarda olib borilgan ba‘zi tajribalar natijasi bilan tanishamiz. Transformatsiya hodisasining kashf etilishi. Transformatsiya deb tashqaridan hujayra ichiga kiritilgan – begona DNK molekulasi ta‘sirida organizmlar belgi va xususiyatlarining irsiy o‗zgarishiga aytiladi. Transformatsiya hodisasi 1928 yilda ingliz olimi Griffit tomonidan kashf etilgan. U o‗zining bu sohadagi tajribasi uchun biologik ob‘ekt sifatida pnevmokokk bakteriyasi (Diplococcus pneumoniai) ning ikkita o‗zaro keskin farq qiluvchi shtammlarini qabul qildi. Ularning birinchisi S-shtammi virulent shtamm hisoblanadi. Chunki u odamlarda og‗ir o‗pka shamollashi (pnevmoniya) kasalini tug‗diradi. Ularning ikkinchisi R-shtamm deyilib, u avirulent hisoblanadi. Chunki ular pnevmoniya kasalini keltirmaydilar. Pnevmokokkning S- va R-shtammlarini biri-biridan tashqi ko‗rini-shidan ham ajratish mumkin. Virulent S-shtammga mansub pnevmokokklar hujayra qobig‗i kapsula–qalin shilliq modda bilan qoplangan. Avirulent R-shtamm bakteriyalari hujayra qobig‗i yupqa, g‗adir-budir bo‗lib ularda kapsula bo‗lmaydi. Pnevmokokk shtammlarining virulent-ligini o‗rganish uchun biologik ob‘ekt sifatida sichqonlarning bitta inbred liniyasi qabul qilindi. Tajriba to‗rtta variantda rejalashti-rilgani uchun sichqonlar to‗rtta teng guruhga bo‗lindi

Yüklə 59,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin