GENOMIKANI O„RGANISHDA BIOINFORMATIKANING RO‟LI. Informatika fanining XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‗lgan davrdan boshlab fizikamatematika, texnika, gumanitar va boshqa fanlarga ham tadbiq qilinishi hamda ular bilan hamkorlikda ishlashi tobora kengayib bormoqda. Hozirgi kunda informatika fani usullarini chetlab o‗tadigan biron-bir fan sohasini topish mushkul. Tabiiy fanlar ham bundan mustasno emas. O‗tgan asrning 60-yillar oxiri 70-yillar boshlarida biologiyada EHM (elektron hisoblash mashinalari) faol qo‗llanila boshlandi: shu bilan birgalikda ularning xotiralari va operatsion tezliklari oshdi va o‗lchamlari kichraytirildi. Shu bilan birgalikda biologiya sohasida informatsion tahlillarni talab etuvchi katta miqdordagi eksperimental ma‘lumotlar to‗planib qoldi. Bunga misol qilib bir qancha davlat olimlari hamkorligida 2003 yildayoq odam genomining sevenirlanishini keltirish mumkin. Shunday qilib XXI asr boshlariga kelib bioinformatika sohasi jadal sur‘atda rivojlana boshladi. Bu esa o‗z navbatida biologik tadqiqotlar bo‗yicha olingan ma‘lumotlarning shu qadar ko‗payib ketganligi va bunda har bir omilning eslab qolinishi va tahlil qilinishida inson imkoniyatlari chegaralanib qolganligi hamda tobora ko‗payib borayotgan axborot xajmini sahlash zaruriyati tug‗ilganligi bilan bog‗lanadi. Ilk ketma-ketliklari aniqlangan bir necha yuz oqsillar haqida ma‘lumotlar kitob-atlas shaklida nashr qilingangan edi (1-rasm). 70 yillar boshlariga kelib aniqlangan ketma-ketliklar miqdori shu qadar ko‗paydiki, ularning hajmi tufayli bu ma‘lumotlarni kitob shaklida nashr qilishning umuman iloji yo‗q edi. Inson miyasi bunday axborotlarni tahlil qila olmasligi va ketma-ketliklarni taqqoslash uchun maxsus dasturlar kerak bo‗la boshladi.
KARTALASHTIRISH DASTURLARI, GENLARNING FILOGENETIK SHAJARALARINI O„RGANISH DASTURLARI Xromosomalarning genetik xaritasi Xromosomalarning genetik xaritasi deb muayyan xromosomada birikish guruhidagi birikkan genlarning ma‘lum tartibda va bir-biridan muayyan masofada joylashganligini hamda genlarning nomlarini ifodalovchi simvollar aks etdirgan sxemaga aytiladi. Xromosomalarning genetik xaritasi genetik yaxshi tadqiq qilingan quyidagi organizm turlarigagina tuzilgan: drozofila, makkajo‗xori, pomidor, laboratoriya sichqonlari, neyrosporalar, ichak tayoqchasi bakteriyasi va boshqalar. Genlar xromosomada ma‘lum tartibda chiziq bo‗ylab joylashganligi sababli krossingover chastotasi bu genlar orasidagi masofani ko‗rsatadi. Shuning uchun olingan dalillarga asoslanib genning xromosomada joylashgan o‗rnini aniqlash mumkin. Genlarning xromosomada joylashgan o‗rinlarini ya‘ni lokuslarini aniqlashdan oldin mazkur gen qaysi xromosomada joylashganligini aniqlash lozim. Bitta xromosomada joylashgan va birikkan holda irsiylanadigan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi. Birikish guruhlarining soni har bir turning gaploid sondagi xromosomalar to‗plamining soniga teng bo‗lishi kerak.Hamma gaploid sondagi xromosomalar - birikish guruhlarining tartib raqamlari belgilanadi. Masalan, drozofilada X-xromosoma 1-tartib raqami bilan, ikkita uzun teng yelkali xromosomalari 2-va 3-tartibli, eng kichik xromosoma 4-tartib raqamlari bilan belgilangan. Makkajo‗xorida gaploid sondagi 10 ta xromosomasi 1 dan 10 gacha tartiblangan. Genetik xarita tuzish uchun dastavval har qaysi xromosoma eng kamida bitta gen bilan markerlangan (nishonlangan) bo‗lishi kerak. Genetik xarita tuzish uchun ko‗p sondagi genlarning irsiylanish qonuniyatlarini tadqiq qilish kerak. Masalan, drozofilada 500 ga yaqin gen tadqiq qilinib,ularning to‗rtta xromosomada joylashish tartibi aniqlangan. Makkajo‗xorining 400 ga yaqin genlari tadqiq qilingan va ularning 10 ta xromosomada joylashish tartibi aniqlangan. Xromosoma-larning genetik xaritasiga quyidagi ma‘lumotlar qo‗yiladi:har qaysi xromosomaning tartib raqami; aniqlangan genning to`liq va yoki qisqartirilgan nomi; genlarning xromosomada joylashish tartibi; orasidagi masofa. Bu masofa xromosomadagi birikkan genlarning krossingover foizimorganidlar bilan o‗lchanadi. Genetik xaritada shu ko‗rsatkich ham yoziladi.