Elektr energetikasi



Yüklə 319,3 Kb.
səhifə35/50
tarix13.07.2023
ölçüsü319,3 Kb.
#136473
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Elektr energetikasi-hozir.org

AMALIY ISH №13

Mavzu: Sinxron mashinalarning ishlash printsipi bilan tanishish

Ishning maqsadi: Sinxron mashinalarning ishlash printsipi va qullanilish soxasi bilan tanishish.

Ishlash printsipi.
Sinxron generatorda asosiy magnit maydon (oqim F0) ni hosil qilish uchun uning qo’zg’atish chulg’amiga o’zgarmas tok beriladi. Bu tok vaqt bo’yicha o’zgarmas va qutbiyligi (ishorasi) almashlanadigan, rotorga nisbatan qo’zg’almas bo’lgan magnit maydonni hosil qiladi. Rotor (induktor) birlamchi mexanizm yordamida aylantirilganda, uning magnit maydoni qo’zg’almas stator (yakorь) chulg’amiga nisbatan aylanadi va unda elektromagnit induktsiya qonuniga asosan, o’zgaruvchan EYuK hosil qiladi.
Agarda stator pazlarida simmetrik (ya’ni fazalarining magnit o’qlari fazoda 120el. ga siljigan bo’lib, fazalarining elektr qarshiliklari va o’ramlar soni bir xil) uch fazali chulg’am joylashtirilgan bo’lsa, bu chulg’amda moduli bo’yicha teng va vaqt bo’yicha 120 el. ga siljigan EYuK larning sim-metrik sistemasi induktsiyalanadi (hosil bo’ladi). Faza chulg’amlarida induktsiyalanadigan EYuK larning chastotasi:
f1 = pn / 60, (18.1)
bunda: r – chulg’amning juft qutblari soni; n – rotorning aylanish chastota- si, ayl./min.
Agar sinxron generatorning uch fazali yakorь chulg’ami tashqi simmetrik yuklamaga ulansa, undan yakorning doiraviy aylanma magnit maydonini vujud-ga keltiruvchi simmetrik o’zgaruvchan toklar sistemasi o’tadi. Bu maydonning statorga nisbatan aylanish chastotasi
n1 = 60 f1 / p. (18.2)
Bunga (18.1) dan f1 ning qiymatini qo’yib, n1 = n ekanligini aniqlay-
miz. Demak, qo’zg’atish va yakorь chulg’amlarining magnit maydonlari bir-biriga
nisbatan qo’zg’almas bo’lib, mashinaning natijaviy magnit maydonini hosil
qilar ekan.
SHu tariqa sinxron generatori mexanik energiyani elektr energiyaga ay-
lantiradi.

Yüklə 319,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin