Elektr energetikasi


Mavzu:Kuchlarni, momentlarni, massalarni, inertsiya momentlarini bir aylanish o’qiga keltirish



Yüklə 319,3 Kb.
səhifə37/50
tarix13.07.2023
ölçüsü319,3 Kb.
#136473
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Elektr energetikasi-hozir.org

AMALIY ISH №14

Mavzu:Kuchlarni, momentlarni, massalarni, inertsiya momentlarini bir aylanish o’qiga keltirish.



Ishning maqsadi: Elektr yuritma va ishchi mexanizmdan iborat tizimning harakatlanishiga ta’sir qiluvchi kuchlar, momentlar, massalar va inertsiya momentlarini bir aylanish o’qiga keltirish hisoblarini o’rganish.
Ma’lumki ko’p kon mashinalari va mexanizmlari 100-300 ayl/min, ko’tarish mashinasi esa 30-40 ayl/min tezliklarga mo’ljallangandir. Elektr yuritmalar esa ma’lum quvvatni va o’lchamlarning ixchamligini ta’minlash uchun katta aylanish tezliklariga mo’ljallangan bo’ladilar. SHu sababli ishchi mexanizmlarni elektr yuritgichlarga bir yoki bir necha pog’onali uzatma, aksariyat holda reduktorlar vositasida biriktiriladi. Ba’zi ishchi mexanizmlar aylanma harakatlanuvchi bilan birga chiziqli harakatlanuvchi qismlarga ega bo’ladilar. SHunday tizimlar turli aylanma va chiziqli tezlik bilan harakatlanuvchi qator qismlardan iborat bo’ladi va ularning massalari, inertsiya momentlari ham turlicha bo’ladi. Bunaqa tizimlarning harakatlari bilan bog’liq bo’lgan yuqorida aytilgan masalalarni yechishda har bir qism uchun alohida momentlar tengligi ifodasini tuzish, bu qismlarni bir-biriga ta’sirini hisobga olish kerak, hamda turli tezlikka, inertsiya momentlariga ega bo’lgan alohida massalarni harakatini (1) tenglama bilan ifodalash lozim. SHu bilan birga ularga ta’sir ko’rsatuvchi, harakatlantiruvchi va qarshilik momentlarini hisobga olish kerak bo’ladi.
Bunday uslub hisoblash ishlarini va elektr yuritma harakati tahlilini bir muncha murakkablashtiradi.
Ishlarni osonlashtirish uchun momentlarni, kuchlarni, inertsiya momentlarini va massalarni bir tezlikka keltiriladi. Odatda elektr yuritgich tezligiga keltiriladi.
Buni elektr yuritma va ko’tarish qurilma-elektromexanik tizimi misolida ko’rib chiqish mumkin.
1-rasm. Tizimning kinematik sxemasi

Momenlarni va kuchlarni bir tezlikka keltirish.
Ushbu masalani yechish uchun tizimning kinematik sxemasi va quyidagi ko’rsatgichlar miqdori berilgan bo’lishi kerak:
-Ishchi mexanizm o’qidagi statik moment
-Keltirish tezligi
-Uzatma pog’onalaridagi tezliklar
yoki uzatish sonlari
-Uzatma pog’onalarida F.I.K
-CHiziqli harakatlanuvchi qismning statik kuchi F- H
-CHiziqli harakatlanuvchi qismning tezligi
-Baraban diametri
Momentlarni va kuchlarni bir tezlikdan boshqa tezlikka keltirish tizimdagi energiyalar balansiga asosan amalga oshiriladi, oraliq uzatmalardagi quvvatlarning yo’qotilishi, F.I.K kiritish bilan hisobga olinadi.

Momentlarni keltirish quyidagi formulalar orqali amalga oshiriladi.
- Yuritma yuritgich holatida ishlasa:


Nm (3)
-Yuritma tormoz holatida ishlasa:


Nm (4)
Kuchlarni keltirish quyidagi formulalar orqali bajariladi.
-Yuritma yuritgich holatida ishlasa:

Nm (5)
-Yuritma tormoz holatida ishlasa:


Nm (6)
Ba’zan aylanma harakatdan chiziqli harakatga keltirish zarurati tug’iladi. Bunday hollarda quyidagi formulalardan foydalaniladi.
-Yuritma yuritgich holatida ishlasa:

N (7)
-Yuritma tormoz holatida ishlasa:


N (8)
Agar yuritmaning tezligi berilmagan bo’lsa, u quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:

(9)


(10)

Yüklə 319,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin