Elektr energetikasi



Yüklə 319,3 Kb.
səhifə34/50
tarix13.07.2023
ölçüsü319,3 Kb.
#136473
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Elektr energetikasi-hozir.org

AMALIY ISH №12

Mavzu: Sinxron mashinalarning tuzilishi bilan tanishish

Ishning maqsadi: Sinxron mashinalarning tuzilishi va qullanilish soxasi bilan tanishish

Sinxron generator turlari.
Sinxron generatorlar - issiqlik elektr stantsiyalari (IES), atom (AES), suv (gidro) elektr stantsiyalari (GES)dagi turbinaning aylanma xarakati mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantirib beruvchi asosiy vosita hisoblanadilar. Hosil qilinayotgan elektr energiya toki chastotasi f=50Gts. bo’lishini ta’minlash uchun, valining aylanish tezligi katta (3000, 1500 ayl/min) bo’lgan IES va AESda o’rnatilgan bug’ turbinalariga juft qutblari soni bir yoki ikkiga teng bo’lgan turbogeneratorlar o’rnatiladi. Bunday tanlov bug’ turbinalarining yuqori aylanish tezliklarida samarali ishlashi sababli bo’lib, turbogeneratorlar qutblari mustahkamligini ta’minlash talablaridan kelib chiqadi.
Turbogeneratorlarning aylanuvchi vallari o’qi gorizontal bo’ladi.
Valining aylanish tezligi nisbatan kichik (120 - 375 ayl/min) bo’lganligi uchun gidravlik turbinalarda (GES) juft qutblari soni katta (25 – 8 ayl/min) bo’lgan gidrogeneratorlar o’rnatiladi. Ularning vallari vertikal holatda bo’ladi (rasmlarga qarang)

Aylanish tezliklari katta bo’lgan turbogeneratorlar magnit o’zaklari (qutblari) yaxlit po’latdan qirqib olingan bo’lishi sababli, markazdan qochma kuchlar hosil qilishi mumkin bo’lgan mexanik ta’sirlarga (sinishlarga) bardoshligi katta bo’ladi. Rotorning shunday magnit o’zaklari kesimi ayon qutb yuzasini aks etmaganligi sababli, bunday rotorlarni «noayon qutbli rotor», bunday rotori bo’lgan sinxron mashinani esa «noayon qutbi bo’lgan mashina» yoki «noayon qutbli sinxron mashina» deb ataladi. Gidrogeneratorlarning rotor magnit o’zaklari elektrotexnik po’lat plastinalaridan ayon qutb shaklida shtamplanib, so’ngra shixtovkalanib «ayon qutbi rotor» hosil qilinadi va «ayon qutbi bo’lgan mashina» yoki «ayon qutbli sinxron mashina» deb ataladi.





Yüklə 319,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin