3
KIRISH
Elektr energiyasi xosil qilishga mo‘ljallangan korxona yoki jixozlar elektr
stansiyasi deb ataladi.
Energiyani bir turdan boshqa turga o‘zgartirishdagi asosiy texnologik
jarayonning xususiyatlari va foydalaniladigan energetik resursning turiga qarab
elektr stansiyalari issiqlik (IES), atom (AES), gidroelektrstansiya (GES),
gidroakkumulyatsiyalovchi (GAES), gaz turbinali va boshqa stansiyalarga
bo‘linadi.
Elektr energiyasini o‘zgartirish hamda taqsimlashga mo‘ljallangan elektr
podstansiyalari – elektroustanovkalar muxim rol o‘ynaydi.
Mustaqil mamlakatimiz va boshqa bir qator mamlakatlarda elektr energiyasi
hosil qilish va uni uztish uchun 50 Gs chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok qabul
qilingan ( AQSH va boshqa bir qator davlatlarda 60 Gs chastota qabul qilingan ).
Uch fazali tokdan foydalanish sababi shundaki, ikki fazali o‘zgaruvchan tok
ustanovkalariga qaraganda uch fazali tok tarmoqlari va qurilmalari juda tejamli
bo‘ladi, shuningdek eng ishonchli, oddiy va arzon asinxron divigatellardan elektr
yuritma sifatida foydalanish imkoniyati bo‘ladi.
Issiqlik elektr stansiyasi qayta tiklanmaydigan energetik zahiralar, yonilg’ i
energetik resurslari, neft mahsulotlari, gaz, ko‘ mir asosida ishlaydi. Bu erda
issiqlik energiyasi avvalo mexanik energiyaga aylanadi, ya’ ni bug’ (yoki gaz)
harorati t=400-600 S
0
va bosimi R=3-30 mPa turbogenerator bilan sinxron
generatorni aylantiradi. Generator uch fazali o‘ zgaruvchan tok ko‘ rinishda elektr
energiya ishlab chiqaradi. Turbogenerator (gazogenerator) uch pog’ onali bo‘ lib,
uning ikkinchi yoki uchinchi pog’ onasidan ma’ lum harorat va bosimda bug’ olinib,
uy- ro‘ zg’ or yoki ishlab chiqarish ehtiyojlariga ishlatiladi. Ayrim IESlarda faqat
elektr energiya ishlab chiqariladi, lekin, ko‘ pincha IESlarda kam elektr ham
issiqlik energiyasi ishlab chiqarib tegishli tarmoq orqali iste’ molchilarga
etkaziladi.
4
Ta’ kidlab o‘ tish kerakki, IESlarning eng zamonaviy texnologik uskunalar
bilan jihozlanganlarining foydali ish koeffitsienti 40% oshmaydi. IESda issiqlik
energiyasi avval mexanik energiyaga, keyin elektr energiyasiga o‘ zgartiriladi.
Shuning uchun FIK (foydali ish koeffitsienti) past.
Dostları ilə paylaş: