Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlament o‗rinbosari Kentaro Sonoura
yilning 2014-yil 10-noyabr kuni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida
19
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan To‗raqo‗rg‗on issiqlik
elektr stansiyasini qurish loyihasini birgalikda moliyalashtirish to‗g‗risida zayom
bitimi imzolandi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi O‗zbekiston Respublikasida elektr
energetika tarmog‗ini rivojlantirish va elektr energiyasi ishlab chiqarish
quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‗yicha hayotga tatbiq etilayotgan uzoq
muddatli dasturning tarkibiy qismi bo‗lib, unda Namangan viloyatining
To‗raqo‗rg‗on tumanida har biri 450 MVt quvvatga ega ikkita bug‗-gaz
qurilmadan iborat umumiy quvvati 900 MVt bo‗lgan yangi bug‗-gaz elektr
stansiyasini barpo etish ko‗zda tutilgan.
To‗raqo‗rg‗on IES qurilishi loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik
agentligi (JICA) 71,8 milliard yapon iyenasi miqdorida uzoq muddatli imtiyozli
kredit taqdim etmoqda. Bu 704 million AQSh dollariga tengdir. Kredit yillik 0,3
foiz stavkasi bilan 40-yilga, shu jumladan, 10-yillik imtiyozli muddatga
berilmoqda.
Zayom bitimini O‗zbekiston tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining birinchi o‗rinbosari, moliya vaziri R.Azimov, Yaponiya tomonidan
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti K.Yanagisava
imzoladi.
To‗raqo‗rg‗on IES yiliga 6,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab
chiqaradi. Bu Farg‗ona vodiysida elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni,
jumladan, to‗qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, qurilish materiallari
ishlab chiqarish bo‗yicha yangi loyihalar, shuningdek, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun elektr energiyasiga bo‗lgan
ehtiyojni ta‘minlash imkonini beradi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda eng ilg‗or texnologiyalar qo‗llaniladi.
Bunda yuqori texnologiyali bug‗-gaz va gaz turbinasi qurilmalaridan foydalaniladi.
Bu stansiyaning foydali ish koeffitsentini 60 foizgacha ta‘minlash, shuningdek,
yoqilg‗i iste‘molini faoliyat ko‗rsatayotgan quvvatlarga nisbatan qariyb ikki
barobar kamaytirish imkonini beradi.
20
Mazkur yangi bitimning imzolanishi elektr energiyasi ishlab chiqaradigan eng
yangi texnologiyalarni joriy etish, energiya ta‘minoti salohiyatini oshirish va
malakali kadrlar tayyorlash orqali energetika tarmog‗ini modernizatsiya qilish
bo‗yicha O‗zbekiston bilan Yaponiya o‗rtasidagi uzoq muddatli sheriklikning yana
bir yorqin dalilidir.
Ayni paytda JICA moliyaviy ko‗magida Qashqadaryo viloyatidagi
Tallimarjon IESda umumiy quvvati 900 MVt bo‗lgan ikkita bug‗-gaz qurilmasi
barpo etilmoqda, Navoiy IESda 450 MVt quvvatli ikkinchi bug‗-gaz qurilmasi
loyihasini amalga oshirish boshlandi. Toshkent shahridagi 4-issiqlik markazida
108
MVt
quvvatga
ega
kogeneratsion qurilmani joriy qilish loyihasi
tayyorlanmoqda.
Shuningdek, JICA texnik ko‗magida Toshkent shahrida mintaqada birinchi
Bug‗-gaz va gaz turbinasi qurilmalariga xizmat ko‗rsatuvchi mutaxassislar
tayyorlash o‗quv markazi tashkil etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: