XULOSA
―O'zbekenergo‖ DAK prognoziga ko'ra, joriy yilda umumiy hisobda 57 273 mln
kVt soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan.
―O'zbekenergo‖ kompaniyasi tomonidan jami 55 750 mln kVt soat energoresurslar
ishlab
chiqariladi.
Ularning
90
foizini
foydalanilayotgan
issiqlik
elektrstansiyalaridan, qolgan qismini esa GESlar hamda Olmalik tog'-kon
kombinati hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining blokstansiyalari orqali
olinadi.
Umumiy hajmi 57 273,8 mln kVtga teng taqsimlanayotgan energiyaning 97
foizidan ko'prog'ini respublika iste'moli tashkil qiladi, qolgan qismi esa tarmoq
ichidagi ehtiyojlarga yo'naltiriladi. Hukumat qarori bilan «O'zbekenergo» DAKga
2015-yilda ishlab chiqariladigan elektrenergiyaning balans parametrlari va
iste'moli grafigini kvartallarga bo'lgan holda ishlab chiqish hamda ushbu balans
parametrlari ijrosi qay tarzda borayotgani haqida Vazirlar Mahkamasiga ma'lumot
taqdim etib borish vazifasi topshirildi.
Yoqilg'i-energetika resurslarini iqtisod qilish komissiyasiga iste'molchilarning
barcha turi elektr energiyasidan oqilona foydalanishiga erishish maqsadida
energiya samaradorligi va energiya tejovchi texnologiyalarni tizimli ravishda joriy
qilib borish vazifasi yuklatildi.
29
ADABIYOTLAR
1. A.Rahimov, ―Umumiy elektrotexnika‖, Toshkent, ―O‘qituvchi‖, 1981-yil.
2. A.Rahimov, ―Elektrotexnika va radiotexnikadan amaliyot‖, Toshkent,
―O‘qituvchi‖, 1983-yil.
3. A.Rahimov,
―Elektrotexnika
va
elektronika
asoslari‖,
Toshkent,
―O‘qituvchi‖, 1988-yil.
4. A.Blashkin, ―Obshaya elektrotexnika‖, Leningrad, 1986-yil.
5. Ziyonet.uz