Keyingi yillarda Respublikamiz rahbariyatining bir qator farmoyish va
qarorlari bilan istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyoti real sektorini tashkil etuvchi
hamma sohalarda, shuningdek, ijtimoiy sohalarda ham yangilanish sari nihoyatda
keng ko‘lamdagi tadbirlar belgilab berilgan. Shu jumladan, Energotizimda ham
energiya ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish, hisobga olish, yoqilg‘i va
gidroenergetika resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy ekologiya me‘yorlari
talablariga javob beruvchi eng so‘nggi energetika texnologiyalarini joriy etish
yuzasidan 2020-yillargacha bo‘lgan davrda mavjud quvvatlarni modernizatsiya va
rekonstruktsiya qilish, o‘z resurslarini o‘tab bo‘lgan uskuna-qurilmalarni
barqarorligini ta‘minlashni ko‘zda tutuvchi tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
Dasturda energiya ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinda turgan mavjud issiqlik elektr
21
Respublikamiz energetikasiga zamonaviy, yuqori tejamkorlikka ega bo‘lgan
yangi
texnologiyalarni
olib
kirish,
shu
asosda
energiya
qurilmalarini
modernizatsiya qilish, Navoiy viloyatining o‘ta sanoatlashgan mintaqada
joylashganligi, bu yerda «Erkin iqtisodiy hudud» va Navoiy xalqaro aeroportida
logistika terminallarining barpo etilishi munosabati bilan ―O‘zbekenergo‖
DAKning 10 ta issiqlik elektr stansiyalari ichida birinchi bo‘lib stansiyada quvvati
478 MVt li bug‘-gaz qurilmasi loyihasini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining
qarorlari qabul qilindi.Ushbu qurilish jarayoni – dastlabki texnik iqtisodiy
asoslashdan tortib,xalqaro ko‘lamdagi yirik tender, kontraktlar loyiha-hujjatlarini
tayyorlash, qurilish jarayonida yuzaga kelgan yuzlarcha savol va muammolarni
yechish davomida orttirilgan tajriba,unda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar–hech
bir mubolag‘asiz, energotizimda bundan keyin amalga oshirilayotgan va oshirilishi
ko‘zda tutilayotgan boshqa yirik investitsion loyihalar uchun katta maktab bo‘ldi.
Energotizim quvvatlarini yangilash yuzasidan 2009-12-yillar davomida
―Navoiy issiqlik elektrostansiyasi‖ AJda amalga oshirilgan quvvati 478 MVt
bo‘lgan ushbu zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi Yaponiyaning ―Mitsubishi‖
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan shunday rusumli qurilmalarning
birinchi o‘nligiga kiradi. Birgina shu qurilmaning ishga tushirilishi yiliga 400
million kubometrgacha tabiiy gaz yoqilg‘isini tejash imkonini beradi.
2013-2015-yillarda stansiyani Respublikamiz Prezidentining 27.12.2011
yildagi PQ-1668 va 21.11.2012 yildagi PQ-1855 Qarorlarining tegishli ilovalari
asosida quvvati 450 MVt li yana bir qurilma bilan kengaytirish loyihasini amalga
oshirish ko‘zda tutilgan, bu – o‘ta sanoatlashgan Navoiy viloyati va unga tutash
hududda elektr energiyasiga tobora oshib borayotgan ehtiyojni to‘la qondirish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: