Elektr enyergiyasi sanoati


  O‟zbekiston  energeyikasining  zamonaviy  ahvoli  va  taraqqiyotining



Yüklə 451,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix02.01.2022
ölçüsü451,38 Kb.
#38489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
elektr energiyasini ishlab chiqarish

7.  O‟zbekiston  energeyikasining  zamonaviy  ahvoli  va  taraqqiyotining 

istiqbollari 

 

 



           Hozir  O‘zbekiston  elektr  stansiyalarining  ja‘mi  o‘rnatilgan  quvvati  12,3 mln 

kVtga  tengdir.  Uning  tuzilmasida  gidroelektrostansiyalar  11,5%  ni,  issiqlik  elektr 

stansiyalari  86%  ni  tashkil  etadi,  bu  ―O‘zbekenergo‖  kompaniyasining  qudratidan 

dalolat  berib  turibdi,  ja‘mi  elektr  stansiyalarning  faqatgina  2,5%  boshqa  idoralar 

qaramog‘ida ishlatilmoqda. 

       Elektr  energiyasining  asosiy  qismini  ekologiya  nuqtai  nazaridan  qaraganda 

juda  qulay  yoqilg‘i  balansiga  ega  bo‘lgan  issiqlik  elektr  stansiyalari  ishlab 

chiqaradi, unda gazning  salmog‘i 85% ni tashkil  qiladi. 

       Energetika tizimining  asosini quvvati  3000 MVt  bo‘lgan Sirdaryo IESi,  

1860 MVt bo‘lgan Toshkent IESi, 2100 MVt bo‘lgan Yangi  Angren  IESi va  

1250  MVt  bo‘lgan  Navoiy  IESi  kabi  yirik  elektr  stansiyalar  tashkil  qiladi.  Bu 

nurxonalarda  bir  yo‘la  quvvati  150  MVtdan  300  MVtga  yetgan  necha  o‘nlab 

energetika  bloklari  o‘rnatilgan. 

        Mamlakatning  gidroenergetikasi  beshta  kaskadga  birlashgan  28  ta  GESdan 

iborat.  Bular  orasida  eng  yiriklari  –  suv  omborlari  bo‘lgan,  stansiyalar  quvvatni 

tartibga  solib  turish  rejimida  ishlay  oladigan,  quvvati  600  MVtli  Chorbog‘  va 

quvvati  165  MVtli  Xo‘jakent  GESlaridir.  Qolgan GESlar suv oqimi bo‘yicha bazis 

rejimda  ishlaydi.  Energiya  ta‘minoti  va  irrigatsiyaga  oid  kompleks  masalalarni  xal 

etayotgan bu nurxonalar  nisbatan arzon elektr  energiyasini  hosil qilmoqdalar. 



 

25 


         Elektr  energetikasi  tarmog‘i  taraqqiyotining  asosiy  nizomlari  va  yo‘nalishlari, 

respublika  hukumati  ma‘qullagan,  ―2010-yilga  qadar  bo‘lgan  davrda  O‘zbekiston 

Respublikasi 

energetikasining 

ravnaqi 

va 


energiya 

ishlab 


chiqarayotgan 

quvvatlarning  rekonstruksiyasi  dasturi‖  da  o‘z  aksini  topgan.  Elektr  stansiyalari  va 

tarmoqlarini  texnikaviy  jihatdan  qayta  jihozlash  va  rekonstruksiyalash  shu  yaqin 

orada  va  o‘rta  muddatli  davrda  tarmoqning  bosh  strategik  vazifasidir.  Dasturdagi 

eng  muhim  vazifalar  qatoriga  elektr  energetikasi  taraqqiyotining  asosiy  son  va sifat 

parametrlarini  aniqlab  olish  hamda  shu  parametrlarga  erishishning  aniq 

mexanizmlarini  belgilash  kiradi. 

        2010-yilgacha  bo‘lgan  davrda  elektr  energetikasi  ravnaqining  strategik 

maqsadi quyidagilardan  iborat: 

• 

mamlakat 



energetika 

mustaqilligini 

asrash 

va 


mustahkamlash; 

•  energetika  quvvatlarining  ishonchli  va  barqaror  ishlashini  ta‘minlash, 

iste‘molchilarga 

sifatli  elektr  va  issiqlik  energiyasi  yetkazib  berish; 

•  yoqilg‘i  –  energetika  resurslaridan  foydalanishning  samaradarligini  ko‘tarish 

maqsadida  energetika  ishlab  chiqarishini  bundan  buyon  ham  takomillashtirish; 

•  enegetika  ishlab  chiqarishining  atrof  muhitga  texnogen  bosimini  ancha 

kamaytirish. 

       Elektr  energetikaning  negizi  doimgidek  IESlar  bo‘lib  qolaveradi,  uning  ulushi 

o‘rnatilgan 

quvvat 

tuzilmasida 

86% 

tashkil 


qiladi. 

       Toshkent  va  Navoiy  IESlari,  Muborak  va  Toshkent  IEM  laridagi  bug‘ -gaz 

turbinalar  negizida  rekonstruksiya  va  modernizatsiyalash  yo‘li  bilan  energiya  hosil 

qiluvchi 

quvvat 

ehtiyojini 

o‘stirib 

borishga 

erishiladi. 

       500-220  kVli  nimstansiyalarda  2500  MVAli  transformator  quvvatlarini  ishga 

tushirish  mo‘ljallangan,  ayni  vaqtda  110-500  kV  kuchlanishdagi  700  kmdan 

ko‘proq 


elektr 

uzatish 


liniyalari 

quriladi. 

       Dasturda  2010-yilga  kelib,  sarflanayotgan  yoqilg‘i  tuzilmasida  o‘zgarishlar 

bo‘lishi  nazarda  tutilmoqda:  gazning  salmog‘ini  80%ga  tushirib,  ko‘mirning  ulushi 

12%gacha ko‘tariladi. 



 

26 


         Istiqboldagi  davrda  elektr  energetikasining  investitsiyalarga  bo‘lgan  ehtiyoji 

elektr  energiyasini  ishlab  chiqarishning  ko‘zda  tutilgan  o‘sib  borishiga  erishish  va 

iste‘molchilarning  energiya  ta‘minoti  ishonchliligini  yetarli  darajada  bo‘lishini 

ta‘minlash,  shuningdek  ishlatilayotgan  elektr  stansiyalari  va  tarmoqlarini 

texnikaviy  qayta  jihozlashni  o‘tkazishning  sur‘atlari  va  muddatiga  muvofiq  tarzda 

belgilanadi. 

        2010-yilgacha  bo‘lgan  davrda  elektr  energetikasining  investitsiyalarga  ja‘mi 

ehtiyoji  1,0  mlrd.  AQSh  dollariga  teng  bo‘ladi,  deb  baholanmoqda.  Dasturni 

amalga  oshirish  mexanizmiga  ko‘ra,  zarur  bo‘ladigan  moliyaviy  resurslar  umumiy 

hajmining  uchdan  biri  o‘z  mablag‘lari  evaziga  qoplanadi,  10-12%  ni 

markazlashtirilgan  kreditlar,  qolgan  qismi,  ya‘ni  yarmidan  ko‘prog‘ini  chet  el 

kreditlari  va tovar kreditlarini  jalb  etish evaziga  qoplash mo‘ljallanmoqda. 

        Elektr  energetikada  o‘tkazilayotgan  qayta  restrukturizatsiyalash,  bozor 

iqtisodiyoti  talablariga  mos  bo‘lgan,  boshqaruvning  yangi  progressiv  shakllarini 

tarmoqqa 

joriy 


etish 

bunga 


ko‘p 

jihatdan 

ko‘maklashadi. 

         2001-yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmoni  bilan  energetika  va 

elektrlashtirish  vazirligining  tuzilmaviy  bo‘linmalari  negizida  ―O‘zbekenergo‖ 

Davlat 


aksiyadorlik 

kompaniyasi 

(―O‘zbekenergo‖ 

DAK) 


tuzildi. 

2004  yilda  kompaniyada  elektr  energetikasi  va  ko‘mir  tarmoqlari  boshqaruv 

tuzilmasini  yanada  takomillashtirish,  elektr  energiya  va  ko‘mirni  ishlab  chiqarish, 

uzatish-tashish  hamda  sotish  sohasidagi  faoliyatni  muvofiqlashtirishni  yaxshilash 

yo‘li izchillik  bilan  amalga  oshirildi. 

       Iqtisodiyot  tarmoqlari  va  respublika  aholisini  energiya  bilan  barqaror 

ta‘minlash,  elektr  energetika  va  ko‘mir  sanoat  tarmoqlarining  bir  me‘yorda  va 

muvozanatli  ravnaqini  ta‘minlash,  elektr  energiyasi  va  ko‘mirni  ishlab  chiqarish  va 

sotish 

sohasidagi 

faoliyatini 

muvofiqlashtirib 

turish 

maqsadida 

Vazirlar 

Mahkamasi  2004-yilning  21-iyunida  ―O‘zbekenergo‖  DAK  tashkiliy  faoliyatini 

takomillashtirish 

to‘g‘risida 

qaror 

qabul 


qiladi. 

Qarorda 


energetika 

tarmog‘i 

korxonalarini 

monopoliyadan 

chiqarish 

xususiylashtirish,  aksiyadorlash  jarayonlarini  yanada  jadallashtirish,  tarmoq 




 

27 


korxonalari  vazifalarini  aniq  ravshan  chegaralab  qo‘yish  nazarda  tutilgan,  bu  esa 

energiya  ishlab  chiqarish,  uni  uzatish  va  sotishni,  shuningdek  korxonalar  o‘rtasida 

birdamlik,  muvozanat, hamjihatlikni  ta‘minlaydi. 

       ―O‘zelektrtarmoq‖  UKning  magistral  elektr  tarmoqlari  negizida  elektr 

energiyasini  uzatish  bo‘yicha  5ta  mintaqaviy  filial  tuzildi,  bular  –  Markaziy, 

Sharqiy,  Janubiy,  Janubi-G‘arbiy  va  Shimoli-G‘arbiy  METlaridir.  35  va  110  kVli 

taqsimlash  tarmoqlari  ―O‘zelektrtarmoq‖  UK  balansidan  elektr  energiyasini 

taqsimlash  va sotish bo‘yicha mintaqaviy  korxonalar balansiga  o‘tkazildi. 

        Hozirgi  bosqichda  kompaniya  tarkibiga  53  korxona,  shu  jumladan  37  ochiq 

aksiyadorlik  jamiyati  (shu  qatorda  ―O‘zbekko‘mir  OAJ),  12  unitar  korxona,  3  ta 

ma‘suliyati  cheklangan  jamiyat  va  ―Energosotish‖  filiali  kiradi.  Hozir  tarmoqda 

islohot  jarayoni  davom  etmoqda:  faoliyatning  monopoliya  (dispetcherlash va elektr 

energiyani  uzatish)  va  raqobat  (sotish  va  ishlab  chiqarish)  turlari  ajratilmoqda  va 

elektr  energetika  tarmog‘iga bozor munosabatlari elementlari  joriy etilmoqda. 

       Vazirlar  Mahkamasining  2004-yil  1-noyabridagi  ―Elektr  energiyasidan 

foydalanganlik  uchun  hisob-kitob  qilish  mexanizmini  tubdan  takomillashtirish 

chora  tadbirlari  to‘g‘risida‖gi  511  sonli  qarori  va  ―Elektr  enegiyasi  sotilishi  hamda 

undan  foydalanilishini  hisobga  olish  va  nazorat  qilish  tizimini  mustahkamlash 

yuzasidan  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida‖  gi  512  sonli  qarori  asosida 

yetkazib  berilgan  elektr  energiyasi  uchun  hisob-kitob  ishlarini  yaxshilash, 

to‘lovlarning  hammasi  o‘z  vaqtida  to‘lanishi,  elektr  energiyasini  hisobga  olish 

tizimini  takomillashtirish  yuzasidan kompleks tadbirlar  amalga  oshirilmoqda. 

 

 

 



 

 

 



 

 



 

28 



Yüklə 451,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin