1. Talabalar laboratoriya mashg’ulotiga kirishdan oldin texnika xavfsizligi qoidalarini o’rganishlari shart. Texnika xavfsizligi qoidalari o’qituvchi tomonidan o’rganiladi va bu kafedraning maxsus daftarida qayd etiladi.
2. Elektr sxemalari faqat ximoyalangan ulovchi simlar yordamida yig’iladi. Ochiq simlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.
3. Laboratoriya uskunasiga kuchlanishni faqat o’qituvchi ulashi mumkin.
4. O’qituvchi tekshirmagan elektr sxemani manbaga ulash mumkin emas.
5. Tajriba paytida elektr zanjiri elementlarining ochiq qismlarini ulash mumkin emas.
6. Laboratoriya tajribasi tugatgandan keyin kuchlanish albatta uzilishi kerak va buni o’qituvchi tekshirishi shart.
1.1. Umumiy talablar Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 "Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari"ga muvofiq bo’lishi lozim.
Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko’rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo’llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo’llash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof-muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Avariya holatida biror-bir mexanizm to’xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to’xtashi nazarda tutilgan bo’lishi kerak.
Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ularning ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug’lik signallari bo’lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo’ng’iroq, o’chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo’lib, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo’lishi kerak.
Liniyani to’xtatgandan so’ng, ovozli va yorug’lik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-o’lchash asboblari, himoya to’siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.