Elektr mashinalar


-rasm. Magnit o’zakdagi magnit kuch chiziqlarining o’rtacha uzunligi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə7/14
tarix05.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#108263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
лаборатория машғулоти

2.3-rasm. Magnit o’zakdagi magnit kuch chiziqlarining o’rtacha uzunligi.


Transformatorlarning cho’lg’amlarini tayyorlashda asosan elektrotexnik misdan va alyuminiydan foydala-niladi. Transformatorlarning nomi-nal kuchlanishiga asosan cho’lg’amlarni ximoyalash materialining klassifi-katsiyasi tanlanadi. Transformator-ning quvvatiga, kuchlanishi va tokiga asosan cho’lg’amning turi tanlanadi. Cho’lg’amlar uzluksiz, spiral g’altak-li (katushkali), bir qatlamli va ko’p qatlamli tsilindrik, bir odimli va ko’p odimli vint ko’rinishidagi konstruktsiyalarda tayyorlanadi.


Vintsimon chulg’amlar bir necha parallel o’tkazgichlardan iborat bo’ladi. Cho’lg’amning o’ramlarini odimi bir yoki bir necha odimli bo’lgan vint chiziqlari singari joylashtiriladilar. O’ramlar orasida, xamda shoxobchalar orasida kerak bo’lgan xollarda sovitish uchun moy o’tar kanallari mavjud.
Vintsimon cho’lg’amlarni izolyatsion materialdan yasalgan tsilindrga joylashtirilgan uzun ensiz tayoqlarga yoki muvaqqat po’lat tsilindrsimon qolipga o’raladi. Vintsimon cho’lg’amlar transformatorning asosan quyi kuchlanish cho’lg’amlarida tokning qiymati 300 A dan kattaroq bo’lganda qo’llaniladi.
Cho’lg’amlarning ko’ndalang kesim yuzalari kattalashib ketgan taqdirda bunday o’tkazgichlar parallel o’tkazgichlarga bo’linadi va bu o’tkazgichlar o’rtasida elektr yurituvchi kuch va tokni bir xilda taqsimlanishini taominlash uchun transpozitsiya qilinadi, yaoni parellel o’tkazgichlarning o’rinlari cho’lg’amning balandligi bo’yicha almashtiriladi.
Kuchlanishi 35kV va undan yuqori bo’lgan trans-formatorlarda uzluksiz spiral g’altakli cho’lg’amlar qo’llaniladi. Ular bir-biridan kanallar bilan ajratilgan yassi gardishsimon (disksimon) o’ramlardan iborat. Agar uzluksiz spiral cho’lg’am transformatorning yuqori kuchlanish cho’lg’ami bo’lsa, u xolda transformatsiyalash koeffitsiyentini 5% atrofida o’zgartirish maqsadida maxsus shoxobchalarga ega bo’ladi.
Almashinuvchi cho’lg’amli transformatorlarda yuqori kuchlanishli va quyi kuchlanishli cho’lg’amlarning ayrim qismlari o’zaro shunday almashinib joylashtiriladiki, unda quyi kuchlanish cho’lg’amlarining o’ramlari magnit o’zakka yaqinroq joylashadilar. Almashinuvchi cho’lg’amlar ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayoni, qisqa tutashuvlarga bardoshsizligi; magnit o’zakdan va bir-biridan izolyatsiyalashning qiyinligi kabi kamchiliklari bilan kontsentrik cho’lg’amlardan ajralib turadi:
Transformatorning baki, gaz relesi, gaz chiqaruvchi truba va kengaytiruvchi bak, forforli izolyatorlar uning yordamchi elementlarini tashkil etadi.
Transformatorlarning bakini o’lchamlari transformatorni loyixalashda xisoblanadi va konstruktiv po’latdan tayyorlanadi. Trans-formatorning quvvatiga muvofiq ravishda tekis devorli, trubali va radiatorli baklar qo’llanilishi mumkin.
Xozirgi zamon moyli kuch transformatorlarini sovutish uchun aktiv qismlari, yaoni magnit o’zak va unga maxkamlangan cho’lg’amlar, moyli bakka joylashtiriladi. Bunda cho’lg’amlar va magnit o’zak o’z xaroratini xarakatlanayogan (aktiv qismni yuvayotgan) moyga uzatadi. Moyning xarakati bakning turli joylaridagi moy xaroratlarining farqi natijasida xosil bo’ladi. Chunonchi, qizigan moy yuqoriga xarakatlanib, uning o’rnini maxsus sovutgichlardan kelayotgan sovuq moy egallaydi. Sovutgichlarga esa qizigan moy keladi, shu tariqa, moyning tabiiy tsirkulyatsiyasi (berk kontur bo’ylab xarakati) yordamida transformatorning cho’lg’amlari va magnit o’zaklari tabiiy sovutiladi. Bakning tuzilishi va shakli transformatorning qizishini xisoblash bilan uzviy bog’liqdir. Bakning materialini mustaxkamligi moyning 0,5 atmosfera bosimiga bardosh bera olishi shart. U g’ildirakli aravachaga joylashtiriladi va transformatorning to’la og’irligiga mo’ljallangan bo’ladi.
Transformatorning quvvati oshgan sari uning sovutish sharoitlari murakkablashadi. Shu tufayli bakning tuzilishi xam o’zgarib boradi. Masalan:
a) quvvati 30 kVA gacha bo’lgan transformatorlarning baki eng sodda tuzilgan yaoni tekis devorli bo’ladi;
b) quvvati 3000 kVA gacha bo’lgan transformatorlarda trubali baklar qo’llaniladi. Bunda bakning devorlariga diametri 50 mm, devorining qalinligi 2 mm gacha bo’lgan po’lat trubalar 1  3 qator vertikal xolatda payvandlanadi;
v) quvvati 10000 kVA gacha bo’lgan transformatorlarning baklariga tabiiy sovutuvchi radiator-sovutgichlar o’rnatiladi;
g) quvvati 10000 kVA va undan katta transformatorlar xavo purkagichlar yordamida sovutiladigan radiatorlar o’rnatiladi.
GES larda o’rnatiladigan transformatorlarning moyini sovutish uchun maxsus sovutgichlardagi suvdan foydalaniladi. Bu xolda moyning sunoiy (majburiy) tsirkulyatsiyasi nasoslar yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi sovutgichlar qo’llangan transformatorlarning o’lchamlari boshqalarnikidan ancha kichik bo’ladi.
Transformatorlarning yuklanishini ortib ketishidan va ichki qisqa tutashuv xolatlaridan ximoyalash uchun gaz relesidan foydalaniladi. Gaz relesi ikkita qalqovichdan iborat bo’lib, ularning ichiga kontaktlarini ulash uchun suyuq metall quyiladi. Suyuq metall sifatida asosan simobdan foydalaniladi.
Gaz chiqaruvchi trubalar transformator bakining o’ta yuklanish va qisqa tutashuv rejimlarida moydan ajralib chiqqan gaz xisobiga xosil bo’lgan bosim taosirida deformatsiyalanishi va yorilib ketishidan ximoya qiladi. Gaz chiqaruvchi trubalar asosan trubadan va shisha membranadan iborat. Transformatorning kengaytiruvchi baki, moy zaxirasi sifatida qo’llaniladi. Bakdan tekshirish uchun olingan, payvandlangan choklarini buzilishi natijasida oqib ketgan, ustki qopqoq prokladkasidan sizib chiqqan moylarni o’rnini kengaytiruvchi bakdagi moy zaxirasi yordamida to’ldiriladi. Kengaytiruvchi bakning yon tomonida o’rab turgan muxitning xarorati o’zgarganda, transformatorning bakidagi moyning satxi qancha bo’lishini ko’rsatuvchi ko’rsatgich o’rnatilgan. Transformatorning cho’lg’am-larini manbaga va isteomolchilarga ulash uchun forfordan yoki shishadan tayyorlangan izolyatorlardan foydalaniladi. Izolyatorlarning o’lchamlari transformatorning kuchlanishiga va quvvatiga asosan xisoblanadi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin