Elektr mashinalar


Yong’in va portlashga qo’yiladigan xavfsizlik talablari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/14
tarix05.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#108263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
лаборатория машғулоти

1.2. Yong’in va portlashga qo’yiladigan xavfsizlik talablari



  1. . O’quv va laboratoriya xonalari yong’in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 "Yong’in xavfsizligi. Umumiy talablar" va GOST 12.1.010-90 "Portlash xavfi. Umumiy talablar"ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.

  2. O’quv va laboratoriya xonalarida sinalmagan yong’in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo’lgan moddalar va materiallarni qo’llash taqiqlanadi.

  3. O’quv va laboratoriya xonalarining portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha ta’lim muassasasi tomonidan TLTM 24-86 "Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari"ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi lozim.

  4. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yong’inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo’lishi hamda atrof-muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.

  5. O’quv va laboratoriya xonalari dastlabki yong’inni o’chirish vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi shart.

  6. Shamollatish tizimi yong’indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo’lishi kerak.

  7. Yong’in suv manbai yo’laklari hamda yong’inni o’chirish vositalariga boradigan yo’laklar doimo bo’sh bo’lishi kerak.

  8. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarining qizib ketishiga yo’l qo’ymaslik lozim.



  1. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo’lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.

15. O’quv va laboratoriya xonalari uchun hududiy yong’in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma ishlab chiqilishi va ko’rinadigan joyga osib qo’yilishi lozim.
16. O’qituvchi va o’quvchilar bilan yong’in xavfsizligi bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilishi va ularga yong’inning oldini olish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berilishi kerak.
17. Ta’lim muassasasining barcha xonalarida, omborxonada va yordamchi binolarning ko’rinarli joylarida yong’in xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlar bo’lishi kerak.
18. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari o’rnatilgan xonalarning eshiklari yong’inga chidamli qilib ishlangan bo’lishi kerak.
19. Ta’lim muassasasi binolarining har bir qavatida yong’in sodir bo’lganida xodimlarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi o’rnatilishi shart. Chizmada xonalar, yo’laklar, birlamchi yong’in o’chirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlar va ta’lim oluvchilarning favqulodda holatda zaxira chiqish yo’llaridan harakat qilish yo’nalishlari ko’rsatilishi lozim.
20. Binolarda quyidagilar taqiqlanadi:
yerto’lada yonuvchi suyuqliklar, gaz sig’imlari, portlash xavfi bo’lgan moddalarni saqlash;
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralarda asbob-uskunalarni saqlash;
zaxira chiqish yo’llari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, bo’yash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yog’och panellar bilan bezash, turli qo’shimcha xizmat xonalarini qurish;
xonalardagi elektr isitgich asboblar, kompьyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmog’iga ulangan holda qoldirish;
elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni qo’llash bo’yicha texnik yo’riqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish.
21. Yong’in o’chirish vositalaridan xo’jalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
22. Ta’lim muassasasi binolarida o’rnatilgan ichki yong’in o’chirish jo’mraklari suv tarmog’iga ulangan bo’lib, maxsus yong’in qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Dastaklar yong’in o’chirish ichki jo’mragiga ulab qo’yilgan bo’lishi kerak.
23. Yong’inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda bo’lishi, ichidagi suv hajmi yong’inni o’chirish uchun yetarli bo’lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin