4) Quvvat koeffitsienti bo‘yicha esa sxemada (qurilmada) bitta kosinusfimetr o‘rnatilgan
bo‘lib, sos
ni minimal qiymatida qurilma ishlaydi va KB ni ishga tushiradi. sin
ni
maksimal
qiymatida kondensator batareyalarni o‘chiradi.
5) Reaktiv quvvatni qiymati va uni yo‘nalishidan ishlovchi quvvat relesi (RM) dan
foydalaniladi. Bu rele qurilmani ishlatib KB ulash va o‘chirishni boshqaradi.
6) Kombinatsiyalangan, ya’ni kunni vaqti, kuchlanishi va reaktiv quvvat yo‘nalishi bo‘yicha
ishga tushadigan qurilma bo‘lib, bu qurilma uchala parametrda ham ishlashga asoslangan. Bunda
elektron soat, kuchlanish relesi va quvvat relelari qo‘llanilgan.
7 Yuklama toki va ta’minlovchi kuchlanish orasidagi burchak siljishi bo‘yicha ishlaydigan
holat boshqarishda yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagich ya’ni tiristor qo‘llanilib,
tiristorni boshqarish
signali ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi yo‘nalishi bilan mos tushganda yarim davrni o‘tkazadi.
SHunday qilib, tiristorning boshlang‘ich fazasi signalini o‘zgartirish bilan chiqishdagi
kuchlanish qiymatini o‘zgartirib olish mumkin. Tiristorning bu xususiyati yuklama toki va
tarmoq
kuchlanishi orasidagi burchak siljishi bo‘yicha kuchlanish qiymatini o‘zgartiruvchi qurilmani
yaratish imkonini beradi. Bu qurilma asosan ikki blokdan iborat bo‘lib
- biri sezuvchi, ikkinchisi
esa bajaruvchi hisoblanadi.
4.3-Rasm. Kondensator batareyalarining reaktiv quvvatini
tarmoq kuchlanishi va yuklama toki orasidagi faza
siljishi bo‘yicha avtomatik boshqarish sxemasi.
Sxema quyidagi tartibda ishlaydi. Agar iste’molchi induktiv xarakterda bo‘lsa, yuklama
toki va ta’minlovchi kuchlanish orasidagi burchak katta bo‘ladi va mos ravishda tiristorning
chiqishida kuchlanish o‘zgaradi. Bu o‘zgarishni
ossillograf yordamida R
2
qarshilikda qurishimiz
mumkin. Undagi xarakteristika quyidagicha bo‘ladi.
4.4.-Rasm Kondensator batareyalarning
quvvatini avtomatik
rostlovchi qurilmasining U
1
va U
2
kuchlanishlarining ossillogrammasi.
a) Tarmoq kuchlanishi.
b) R
2
qarshilikdagi (tiristordan o‘tuvchi) kuchlanish.
Bu holatda kuchlanish relesi KV ishlaydi va o‘z navbatda vaqt relesi KT-1 ni ishga
tushiradi. Vaqt relesi esa ma’lum vaqtdan keyin oraliq relega buyruqni beradi.
Oraliq rele
kondensator batareyani magnitli ishga tushirgich yordamida tarmoqqa ulaydi. Agarda yuklama
aktiv xarakterga ega bo‘lsa yuklama toki va ta’minlovchi kuchlanish
orasidagi burchak siljish
kichik bo‘ladi va tiristor yopiladi. Kuchlanish relesi oldingi holatiga qaytadi va vaqt relesi KT-2
ishga tushib, ma’lum vaqtdan so‘ng kondensator batareyalarni o‘chiradi (oraliq rele yordamida
magnitli yuritgichni o‘chiradi).
Dostları ilə paylaş: