1.3. TAJRIBA IShI BO’YIChA HISOBOTNI TAYYoRLASh TARTIBI 1. Dastlabki va natijaviy holatlar uchun sxemalar chizilib, ularda dastlabki ma’lumot
sifatida berilgan hisob va holat parametrlari; tajriba natijasida o’lchab, yozib olingan xolat
parametrlarining, jumladan kondensator batareyasi ishlab chiqaruvchi reaktiv quvvatning, mos
masshtab koeffisientlari yordamida aniqlangan original qiymatlari yoziladi.
2. Dastlabki va reaktiv quvvat kompensasiyalangan holatlar solishtirilib, ikkinchi holatda
birinchi holatdagiga nisbatan tarmoqda aktiv quvvat isrofining kamligi va qabul qiluvchi
shinadagi kuchlanishning katta ekanligiga e’tibor qaratiladi.
1.4. SINOV SAVOLLARI 1. Reaktiv quvvatni kompensasiyalash deyilganda nimani tushunasiz?
2. Elektr tarmoqlarda reaktiv quvvatni kompensasiyalash qanday maqsadlarda amalga oshirilishi
mumkin?
3. Reaktiv quvvat kompensatorlariga nimalar kiradi? Ularning afzallik va kamchiliklari
nimalardan iborat?
4. Reaktiv quvvat kompensatorlarini tanlashda texnik va holat parametrlari bo’yicha qanday
cheklanishlar hisobga olinadi?
5. Kondensator batareyasining berilgan reaktiv quvvatni ta’minlovchi sig’imi qanday aniqlanadi?
ILOVA Tajriba ishi bo’yicha topshirik variantlari Variant
U 1 , kV O’tkazgich
markasi
Liniya
uzunligi,
km
P
N
,
MVt
Q
N
,
MVAR
1
225
AC-300
2
230
AC-240
3
220
AC-300
4
240
AC-240
Elektr tarmoqning prinsipial sxemasi