2. Ishni o’zgaruvchan tok statik modelida bajarish uchun kuchlanish va tok uchun masshtab
koeffisientlari tanlanadi. Tanlangan masshtab koeffisientlaridan foydalanib,
qarshilik va quvvatlar
uchun masshtab koeffisientlari aniqlanadi.
Bu erda 1 – tajriba ishidagi tavsiyalarni e’tiborga olish lozim. Masalan, kuchlanish uchun
K
U
=4 kV sist./V mod., tok
uchun esa K
I
=4 kA sist./A mod. tanlash maqsadga muvofiq.
3. Tanlangan va aniqlangan masshtab koeffisientlaridan foydalanib,
barcha hisob
parametrlari va berilgan holat parametrlarining model qiymati hisoblanadi. Model-sxema tuziladi.
4. Model-sxema modelda yig’ilib, barcha hisob parametrlarining qiymatlari o’rnatiladi.
5. Tarmoqning boshlanishiga generator ulanib, u yordamida kuchlanish beriladi.
Tarmoqning dastlabki holati ketma-ket yaqinlashish orqali o’rnatiladi (1 – tajriba ishidagi kabi).
6. Tarmoqning barcha tugunlaridagi kuchlanishlar va shoxobchalardagi
quvvat oqimlari
o’lchab, yozib olinadi (dastlabki holat).
7. Tarmoqning yuklama ulangan qabul qiluvchi punkti shinasiga reaktiv quvvat manbai –
kondensator batareyasi ulanadi. Uning sig’imi nominal kuchlanishda yuklamaning reaktiv
quvvatiga nisbatan liniya zaryad quvvatining yarmiga kam reaktiv quvvat ishlab chiqarish shartidan
kelib chiqib o’rnatiladi. Demak, kondensator batareyasining reaktiv quvvati quyidagicha aniqlanadi:
2
C
Q
Q
Q
Н
КБ
yoki
2
Л
2
Н
Н
КБ
B
U
Q
Q
.
Kondensator batareyasining modelda o’rnatiluvchi sig’imi 1-tajriba
ishidagi kabi
hisoblanadi.
8. Ta’minlovchi tugunda berilgan kuchlanish va yuklamaning berilgan quvvatlari kelma-ket
yaqinlashish orqali o’rnatiladi.
9. Tarmoqning barcha tugunlaridagi kuchlanishlar, shoxobchalardagi
quvvat oqimlari va
kondensator batareyasi beruvchi reaktiv quvvatlar o’lchab, yozib olinadi (natijaviy holat).
Dostları ilə paylaş: