Elektr tokining zichligi


,7 -Mavzu: Tok kuchi. O’zgarmas tokning bir jinslimas va bir jinsli qismlari va berk zanjiri uchun om qonunlari (4-soat)



Yüklə 118,54 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü118,54 Kb.
#175799
1   2   3   4   5
6-7-amaliy mashg\'ulot (2)

6,7 -Mavzu: Tok kuchi. O’zgarmas tokning bir jinslimas va bir jinsli qismlari va berk zanjiri uchun om qonunlari (4-soat)
Darsda yechiladigan masalalar.
10. 11. Ampermetr 3 A ni ko’rsatadi; R1=4 Om, R2=2 Om, R3=4 Om (19- rayem); R1 , R2 va R3 qarshiliklarida potensialning tushishi hamda R2 va R3 qarshiliklardan o’tayotgan tokning kuchi topilsin. (Javob:U1=12 V, U2=U3=4V, I2=2A, I3=1A)
10. 12. Elektr yurituvchi kuchi 1,1 V, ichki qarshiligi 1 Om bo’lgan element 9 Om li tashqi qarshilikka ulangan. 1) 3anjirdagi tok kuchi, 2) tashqi zanjirdagi potensialning tushishi 3) elementning ichidagi potensialning tushishi, 4)element qanday foydali ish koeffisiyenti bilan ishlashi topilsin.(Javob:1)0.11A, 2)0.99 V, 3)0.11 V, 4) 0.9)
10. 14. Elektr yurituvchi kuchi 2 V bo’lgan elementning ichki qarshiligi 0,5 Om. 3anjirdagi tok kuchi 0,25 A bo’lganda element ichidagi potensialning tushishi va zanjirping tashqi qarshligi topilsin. (Javob:0.125 V, 7.5 Om)
10. 18. Element, reostat va ampermetr ketma-ket ulangan. Elementning e. yu. k. 2 V va ichki qarshiligi 0,4 Om. Ampermetr 1 A ni ko’rsatadi, elementning f. i. k. topilsin. (Javob:80%)
10.22. 22- rasmdagi qarshilik R= 1,4 Om, va -ikkita element bo’lib, har birining e.yu. k. 2 V ga teng. Bu elementlarning ichki qarshiligi tegishlicha r1=1Om va r2= 1,5 Om ga teng. Har bir elementdagi va butun zanjirdagi tok kuchi topilsin. .(Javob:I1=0.6A, I2=0.4 A, I=1 A)



22- rasm 24- rasm 27- rasm


10.24. 24- rasmdagi sxemada E.Yu. K. 20 V ga teng bo’lgan batareya hamda R1 va R2 reostatlar berilgan. R1 reostat ulanmaganda ampermetr 8 A ni ko’rsatadi; R1 reostat ulanganda esa 5A ni ko’rsatadi. Reostatlarning qarshiligi va R1 reostat to’la ulanganda potensiallarning tushishi topilsin. Batareya va ampermetr qarshiligi hisobga olinmasin. (Javob:R1=1.5 Om, R2=2.5 Om, U1=7.5 V, U2=12.5 V)


10.28. 27- rasmda E. Yu. K. 100 V bo’lgan batareya va R1= R3=40 Om, R2=80 Om va R4=34 Om bo’lgan qarshiliklar berilgan. 1) R2 qarshilikdan o’tuvchi tok kuchi va 2) shu qarshilikdagi potensialning tushishi topilsin, batareyaning qarshiligi hisobga olinmasin. .(Javob:0.4 A, 32 V)
10.31. 29- rasmda E. Yu. K. 100 V bo’lgan batareya hamda R1=100 Om, R2=200 Om va R3=300 Om qarshiliklar berilgan. Voltmetr qarshiligi 2000 Om bo’lganda u qancha kuchlanishni ko’rsatadi? Batareya qarshiligi hisobga olinmasin. (Javob: 80V)



29- rasm
10.37. 0 dan 15 mA gacha shkalali milliampermetr qarshiligi 5 Om ga teng. 1) 0 dan 0,15 A gacha bo’lgan tok kuchini va 2) 0 dan 150 V gacha bo’lgan potensiallar ayirmasini o’lchash uchun asbobga qancha qarshilik qanday kombinasiyada ulanadn? .(Javob:parallel R=0.555 Om, ketma-ket 9950 Om)




Yüklə 118,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin