Har qanday zaryadlanishda bio xil kattalikdagi turli ishorali zaryadlar paydo bo`ladi. Zaryadlanish jarayoni deganda jismda zaryadlarning qayta taqsimlanishini tushinish kerak
Har qanday zaryadlanishda bio xil kattalikdagi turli ishorali zaryadlar paydo bo`ladi. Zaryadlanish jarayoni deganda jismda zaryadlarning qayta taqsimlanishini tushinish kerak.
Har qanday zaryadlanishda bio xil kattalikdagi turli ishorali zaryadlar paydo bo`ladi. Zaryadlanish jarayoni deganda jismda zaryadlarning qayta taqsimlanishini tushinish kerak.
Bunda jismning biror qismida ortiqcha manfiy zaryad to`plansa boshqa bir qismida ortiqcha musbat zaryad to`planadi.
Demak zaryadlar bordan yo`q ham bo`lmas ekan va aksincha yo`qdan bor ham bo`lmaydi. Bu zaryadning saqlanish qonunini anglatadi.
Har qanday izolatsiyalangan sistemada elektr zaryadlarning algebraik yig`indisi o`zgarmaydi.
Har qanday izolatsiyalangan sistemada elektr zaryadlarning algebraik yig`indisi o`zgarmaydi.
Bu yerda qi - sistema tarkibidagi ayrim jismlar elektr zaryadlarining miqdori. Shu formula zaryadlarning saqlanish qonunini ifodalaydi. Elektr zaryadining birligi qilib kulon (Kl) qabul qilingan.
Tok kuchi 1A bo`lgan o`zgarmas elektr toki o`tayotgan o`tkazgichning ko`ndalang kesimidan 1 sekund davomida oqib o`tadigan zaryad miqdori 1 Kl deb qabul qilingan 1 Kl = 1 A s
Qo`zg`almas zaryadlangan zaryadlar bilan bog`liq fizikaviy hodisalarni zlektrostatika bo`limi o`rgatadi. Qo`zg`almas elektr zaryadning maydoni elektrostatik maydon deb aytiladi.
(1.2)
Kulon qonuni.
Tajribalar Shuni ko`rsatadiki, zaryadlangan jismlar orasida o`zaro ta‘sir kuchlari sodir bo`ladi. Kulon zaryadlangan metal sharchalar orasidagi o`zaro elektr ta‘sirlarni o`rganib, quyidagi qonuniyatni ochdi: Vakuumda ikki nuqtaviy elektr zaryadlarning o`zaro ta‘sir kuchi zaryad miqdorlarining ko`paytmasiga to`g`ri proportsional va zaryadlar orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional bo`ladi, ya‘ni:
Elektr maydon. Elektr zaryadlarning o`zaro ta‘sir chegarasi mavjud. Bu ta‘sir chegarasini elektr maydon deb qaraymiz. Shunga ko`ra quyidagi ta‘rifni beramiz:
Qo`zg`almas elektr zaryad atrofidagi elektr kuchlar ta‘siri seziladigan sohani elektr maydoni deb ataladi.
(1.3)
Elektr maydoni tinch turgan zaryadlar orasida kuch paydo bo`lishi va uning uzatilishini amalga oshiradigan vosita bo`lib u materiyaning bir turi bo`lib hisoblanadi.
Elektr maydonining asosiy xossasi Shundaki, Shu maydonga joylashgan har qanday zaryadga kuch ta‘sir etadi. Shunday qilib, tinch turgan zaryadlar o`rtasidagi o`zaro ta‘sirni elektr maydoni tavsiflab beradi.
Keyinchalik harakatlanayotgan zaryadlar yoki doimiy magnitlarning o`zaro ta‘sirini magnit maydoni xarakterlashini o`rganamiz. Elektr va magnit maydonlari eletromagnit maydonning xususiy hollari bo`lib hisoblanadi.