HTML to Chm dasturini o’rnatish. Ko’pincha elektron darsliklar chm yoki help fayl kengaytmali ko’rinishida tayyorlanadi. Chm kengaytmali elektron darslik tayyorlash jarayonini ko’rib chiqamiz.
Chm fayl tayyorlovchi turli dasturlar mavjud, shular ichida htm2chm dasturi bepulligi va elektron dasrliklar darsliklar tayyorlashga qulayligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu dasturdan foydalanishdan oldin dasturni o’rnatilish jarayoni ko’rib chiqamiz.
Buning uchun htm2chm nomli exe faylni sichqonch chap tugmasini ikki marta bosish bilan ishga tushiramiz va dasturni o’rnatishni davom ettirasizmi so’roviga Да tugmasini bosish bilan dastur o’rnatishni davom ettiramiz.
Dastur to’la o’rnatilib bo’lgandan so’ng Готово tugmasini bosib o’rnatish jarayonini tamomlaymiz.
HTML to Chm dasturini ishga tushirish va unda elektron darslik tayyorlash. HTML to Chm dasturi asosan 5 ta qismdan iborat.
Bular:
Создать
Страницы
Содержание
Редактор
Извлечь
Endi ushbu qismlar bilan tanishib chiqsak.
Содержание bo’limida hosil qilinadigan elektron darslik tarkibi sozlanadi.
Bu qismda ma’lumotlar joylashgan papka ko’rsatiladi va shu joyga .hhc kengaytmali hosil qilinadigan chm fayl tarkibi yozilgan fayl Пуск tugmasini bosish bilan yaratiladi. Aynan shu fayl chm fayl tayyorlash uchun muhim hisoblanadi.