Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə18/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

11-jadval

Ayrim bronzalarning markalari va tarkibi

Markasi

Legirlovchi elementlar miqdori, % mas.

qalay

fosfor

berilliy

aluminiy

nikel

mis

BR010

10

-

-

-

-

qolgani

BrOF6,5-0,15

6-7

0,15

-

-

-

-“

BrA7

-

-

-

6-8

-

-“

BrB2

-

-

2-2,2

-

0,2-0,5

-“

Bronzalarga qirqish yo‘li bilan, bosim ostida ishlov berish oson, ular yaxshi kavsharlanadi. Ulardan lenta va simlar tayyorlanadi, bu lenta va simlardan esa deformatsiyalanuvchi kontaktlar, tok o‘tkazuvchi prujinalar va boshqa tok o‘tkazuvchi hamda konstruksion detallar ishlab chiqariladi.

Bronza detallarning mustahkamliginn oshirish uchun ularga termik ishlov beriladi: toblanadi, so‘ngra esa optimal temperaturalarda bo‘shatiladi.

Elektr o‘tkazuvchanligi jnhatidan bronzalar misdan keyiida, lekin mexanikaviy mustahkamligi, elastikligi, yedirilishga qarshilign va korroznyaga chidamliligi jiqatidan undan ustun turadi. 12-jadvalda bronzalar bilan misning asosiy xarakteristikalari taqqoslangan.

12-j a dv al

Bronzalar bilan misning asosiy xarakteristikalari

Material

Ishlov berish xarakteri

O‘tka-

zuvchan- ligi, %

Chuzilishdagi mustahkamlik chegarasi, N/m2

Cho‘zilganda nisbiy cho‘zilishi, %

Mis o‘tkazgich (99,95% CU)

yumshoq

qattiq

100

98

(20-25)·103

(36-42)·103

40

3

Fosforli bronza (6-7% qalay, 0,15 fosfor)

yumshoq

qattiq

15

10

(40-45)·103

(95-105)·103

60

3

Berilliyli bronza (2% berilliy, 0,5% nikel)

yumshoq

qattiq

36

26

(70-79)·103

(160-175)·103

20

9

Aluminiy nisbatan yaxshi o‘tkazuvchanligi va atmosfera korroziyasiga chidamliligi tufayli misdan keyin ikkinchi o‘tkazgich material hisoblanadi. Aluminiy eichligi 2700 kg/ma bo‘lganligi uchun yengil metallar gruppasiga kiradi, ya’ni u misdan 3,3 marta yengil. Aluminiy — suyuqlanish temperaturasi 658°S bo‘lgan kumush rangok, metall, qattiqligi kichik, cho‘zilishdagi mexanikaviy mustahkamligi nisbatan kam (7,5—18)·103 N/m2; bundan tashqari, aluminiyning chiziqli kengayish temperatura koeffitsisnti (24·10-6 1/°S) misnikiga nisbatak katta, bu esa aluminiyning kamchiligidir.

Havoda aluminiy tezda yupqa oksid parda (Al2Oz) bilan qoplanadi, u aluminiyni havo kislorodi ta’siridan saqlaydi. Shu bilan birga bu parda anchagnna elektr qarshiligiga ega bo‘ladi. Shu sababli yaxshi tozalanmagan aluminiy simlarning o‘zaro tutashgan joylarida o‘tish qarshiliklari katta bo‘lishi mumkin.

Aluminiy simlarnnng boshqa metallarning simlari bilan tutashgan joylary ho‘llanganda galvanik juftlar hosil bo‘lishi mumkin. Bunda vujudga keladigan galvamik toklar aluminiy simni yemiradi. Galvanik juftlar hosil bo‘lishnning oldini olish uchun gutashish joylari namlikdan yaxshi himoya qilinadi (masalan, laklanadi). Aluminiyning ximiyavny tozaligi qancha yuqori bo‘lsa, u korroziyaga shuncha ko‘p qarshilik ko‘rsatadi.

Vatanimiz sanoati tozalik darajasi turlicha bo‘lgan o‘n uch markada aluminiy o‘tkazgich chiqaradi. Nihoyatda toza alyumikin markalarida qo‘shimchalar (temir, kremnny, rux, titan va mis), ko‘pi bilan 0,005% bo‘ladi. Aluminiyning bu sortlaridan elektrolitik kondensatorlarning elektrodlari, shuningdek, aluminiy zarkog‘oz (folga) tayyorlanadi. Elektr simlar tarkibida ko‘pi bilan 0,05% aralashma bo‘lgan alyumnnnydan (AE markali) tayyorlanadi. Diametri 0,08 dan 10 mm gacha bo‘lgan yumshoq (AM), yarim qattiq (APT) va qattiq (AT) aluminiy simlar ishlab chiqariladi.


Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin