Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə21/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

Valframning asosiy xarakteristikalari quyidagicha: zichligi 19300 kg/m3; suyuqlanish temperaturasi 3380°S; yumshatilgan volframdan tayyorlangan buyum larda: : σch=(5-8)·104 N/m2; ρ=0,0503 Om·mm2/m; qattiq volframdan tayyorlangan buyumlarda: : σch=18·105 N/m2; ρ=0,0612 Om·mm2/m. Qarshilikning temperatura koeffitsienti TK ρ=0,0048 1/°S.

3.2. Solishtirma qarshiligi katta bo‘lgan o‘tkazgich maternallar*

O‘tkazgich materiallarning bu gruppasi metallarning qotishmalari bo‘lib, ularning solishtirma qarshiligi katta va solvshtirma qarshiligining temperatura koeffitsientn qiymatlari kichik bo‘ladi. Shu sababli bu qotishmalardan elektr qarshiligi amalda temperaturaga bog‘liq bo‘lmagan termostabil rezistorlar va boshqa buyumlar tayyorlash mumkin.

Tartibsiz strukturali metallarning qattiq eritmalaridan iborat qotishmalar yuqorida aytib o‘tilgan xossalarga ega bo‘ladi. O‘tkazgich materiallarning gruppasiga asosan—misning nikel bilan hosil qilgan, manganin va konstantan deyiladigan qotishmalaridir.

Manganin —84—86% mis, 2—3% nikel va 12—13% marganesdan iborat qotishma**. Manganinning rangi och zarg‘aldoq, zichligi 8400 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 96O°S; TKLR=18·10-6 1/°S.

Manganindan yasalgan yumshoq buyumlarning asosiy xarakteristikalari:

σch=(45—55)·103 N/m2; yech=10—25%; ρ=0,42 Om·mm2/m; qattiq buyumlarniki: σch=(55-58)·103 N/m2; yech=5-9%; ρ=0,47 Om·mm2/m; TK ρ=(2-6)·10-5 1/°S.


Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin