Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə22/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

Solishtirma elektr qarshiligini 1,5·2 Om·mm2/m ga qadar oshirish uchun manganin tarkibiga ko‘proq miqdorda marganes (60—67%) va nikel (16—30%) qo‘shib, mis miqdori kamaytiriladi.

Bu materiallar elektr qarshiligi yuqori bo‘lgan qotishmalar deyiladi.

Manganinning ba’zi xillariga kobalt ham qo‘shiladi.

Manganin buyumlarning afzalligi shundaki, ularning elektr qarshiligi temperaturaga juda kam bog‘liq bo‘ladi. Boshqa afzalligi mis bilan kontaktda termo e. yu. k. ning juda kichikligidir (0,9—1 mkV/°S).

Manganin buyumlarning elektrik xarakteristikalarini stabillashtirish uchun vakuumda 400°S da qizdiriladi va keyip xona tsmperaturasida uzoq vaqt saqlab turiladi. Bunday ishlov berish natijasida qotishmaning bir jinsliligi ortadi va uning xossalari stabil-lashadi. Manganinning stabillashgan sortlaridan tayyorlangan buyumlar uchun yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori temperatura 200°S, stabillashmaganlaridan tayyorlanganlari uchun esa 60—80°S. Bu temperaturalardan yuqorida manganin buyumlarning xossalarida qaytmas o‘zga-rishlar sodir bo‘ladi.

Manganindan diametri 0,02—6 mm li yumshoq va qattiq holida tortiladigan simlar hamda qalinligi 0,08 mm gacha va eni 270 mm gacha bo‘lgan lentalar tayyorlanadi. Bundan tashqari, manganindan emal izolyasnyali tabiiy npakdav qilnngan izolyasnyali, shuningdek, emal va bir qavat tabiiy ipak bilan nzolyatsiyalangan chulg‘am snmlari tayyorlanadi. Manganin buyumlar yuqori klassli rezistorlar va potensiometrlar ishlab chiqarnshda ishlatnladi.

Konstantan — 58—60% mis, 32—40% nikel va 1—2% marganesdan tarkib topgan qotishma. Konstantanning rangi kumushrang sariq. zichligi 8900 kg/m3; suyuqlanish temperaturasi 1260°S, TKLR = 14·10-6 1/°S.

Konstantan buyumlarning (simlarning) asosiy xarakteristikalari: yumshog‘i σch=(40—50)·103 N/m2; yech=40—50%; ρ=0,48 Om·mm2/m; qattiq holda cho‘zilganiniki: σch=(65—72)·103 N/m2; yech=2-5%; ρ=0,46-0,52 Om·mm2/m. Konstantandan tayyorlangan buyumlarnnng solishtirma qarshilik temperatura koeffitsienti: (0—2)·10-5 1/°S, ya’ni konstantan ko‘pchilnk sostavlarinnng temperaturasi o‘zgarishi bilan elektr qarshiligi o‘zgarmaydi.


Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin