Kumush o‘tkazgichning asosiy xarakteristikalari quyidagicha: zichligi 10500 kg/m3; suyuqlanish temperaturasi 960,5°S; TKLR=19,3·10-6 1/°S, ya’ni misnikidan bir oz kattaroq; yumshoq kumushdan yasalgan buyumlarniki: σch=(15—18)·103 N/m2; yech=45—50%; ρ=0,015 Om·mm2/m; hattiq kumushdan yasalgan buyumlarniki: σch=(20—30)·103 N/m2; yech=4—6%; ρ=0,0158 Om·mm2/m. TQ ρ = 0,00369 1/°S.
Mis va aluminiyga nisbatan kumush cheklangan miqdorda ishlatiladi; mis, nikel va kadmiy bilan hosil qilgan qotishmalari kichikroq toklarga mo‘ljallangan rele va boshqa asboblarning kontaktlarida, shuningdek PSr-10; PSr-25 kabi kavsharlarda ishlatiladi.
Volfram qeyin suyuqlanadigan metallar gruppasiga kiradi, elektrotexnika sanoatida elektr kontaktlar uchun va elektrovakuum asboblarning (cho‘g‘lanish lampalarining simlari, elektrodlar va boshqalar) detallari uchun yedirishga chidamli material sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi.
Volfram — suyuqlannsh temperaturasi juda yuqori va nihoyatda qattiq kulrang metall. Bolfram kukun metallurgiya metodi bilan, ya’ni presslangan metall zarrachalarini qizdirib qovushtirish natijasida olinadi. Bunnng uchun volfram zarrachalaridan (kukunla-ridan) po‘lat press-qoliplarda presslash. yo‘li bilan zagotovkalar — sterjenlar olinadi. So‘ngra ular 1300°S temperaturada bir-biriga qovushtnriladi. Qizdirib qovushtirilgan volfram sterjenlarda donador tuzilish hali saqlanib qoladi va ular mo‘rt bo‘ladi. So‘ngra volfram sterjenlar 3000°S temperaturaga qedar qizdiriladi. Mexanikaviy mustahkam metall olish uchun sterjenlar ko‘p marta bolg‘alanadi va cho‘ziladi. bo‘lar orasida sterjenlar qizdirib sovitib turiladi. Bunday nshlov natijasida volfram tolali tuzilishga ega bo‘ladi, bu esa volframga katta mexanikaviy mustahkamlik va plastiklik baxsh etadi. Volframdan diametri 0,01 mm gacha bo‘lgan simlar tayyorlanadi. Volfram havoda 400°S va undan yuqori temperaturada oksndlana boshlaydi. Volfram detallar vakuumda 2000oS gacha bo‘lgan temperaturalarda ham ishlashi mumkin.