QURILMANING TUZILIShI VA IShLAShI Qurilmaning asosini volptmetr va ampermetr tashkil etadi. O‘zgarmas tok manbai sifatida istalgan past kuchlanishli o‘zgarmas tok bera oladigan elektr asboblaridan foydalanish mumkin.
O‘rganiladigan o‘tkazgichlar sifatida maxsus o‘tkazgichlar namunalaridan yoki istalgan 0,5 – 1 m uzunligidagi metall yoki ularning qotishmalaridan tayyorlangan simlarni olish mumkin.
1 - rasm. Ipshnng elektr sxemasi. Ish qurilmasining elektr sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Qurilmani ishga tushirish uchun K kalit ulanadi. Shunda R qarshilikli o‘tkazgichdan tok o‘tishi natijasida unda tok sarfi bo‘ladi. Bu tokning kattaligini ampermetr ko‘rsatadi. Tarmoqdagi ishchi kuchlanishni volptmetr ko‘rsatadi. Bu qiymatlarni o‘lchab hamda boshqa kattaliklar asosida o‘rganilayotgan o‘tkazgichning solishtirma qarshiligini hisoblab topish mumkin.
Ishni bajarish tartibi 1. Laboratoriya ishining yo‘riqnomasini o‘qib o‘rganing.
2. O‘tkazgichning uzunligini va diametrini chizg‘ich va
mikrometr bilan o‘lchang.
3. Tanlangan uzunlik va diametrdagi o‘tkazgichni maxsus qisqichlar oralig‘iga mustahkam ulang.
4. Kalit (K) ni ulang va o‘tkazgichdagi tok kuchi hamda o‘tkazgich uchlari oralig‘idagi kuchlanishni o‘lchang.
5. Tajribada aniqlangan qiymatlardan foydalanib, o‘tkazgichning solishtirma qarshiligini hisoblab toping.
6. O‘lchov asboblarining xatoliklarini va o‘lchashlar xatoligini aniqlang.
7. U, d, I, l kattaliklarni o‘lchashdagi maksimal absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblab toping.
8. O‘tkazgich solishtirma qarshiligining o‘lchash natijasini = o‘rt , Ye = …. % ko‘rinishda yozing.
9. Jadvallardagi aniq qiymatlar bilan tajribada topilgan natijalarni taqqoslab, o‘lchash o‘tkazilgan namuna materialini aniqlang.
10. Topilgan natijalarni quyidagi jadvalga kiriting.
2 – jadval