NAZORAT UChUN SAVOLLAR
Aktiv va reaktiv qarshiliklar deb nimaga aytiladi?
Induktiv qarshilik nima va u tajribada qanday usulda aniqlanadi?
Induktiv qarshilikni aniqlashda va uni o‘rganishdan asosiy
maqsad nimadan iborat?
Drossel va transformator nima? Ular bir-biridan nima
bilan farq qiladi?
Induktivlik g‘altagi kashf etilmagan bo‘lsa, unda o‘zgaruvchan elektr tokini qanday usulda transformatsiya qilinardi?
Laboratoriya ishi №7
Mavzu: Kondensatorning elektr sig‘imini o‘lchash.
Ishning maqsadi: 1.Elektr sig‘im va uning turlarini o‘rganish. 2. Sig‘imi noma’lum bo‘lgan kondensatorning elektr sig‘imini aniqlashni o‘rganish.
Nazariy qism.
Elektr zaryadini to‘plovchi (quyuqlantiruvchi), o‘zgarmas elektr tokini o‘tkazmaydigan va o‘zgaruvchan elektr tokini o‘tkazuvchi asbobni kondensator deyiladi. Birinchi kondensator XVIII asrda ixtiro qilingan bo‘lib, uni Leyden bankasi deb atashgan. Kondensatorlar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan sig‘imli bo‘ladi. Ularni elektr sxemasida quyidagicha belgilanadi (4.1-rasm). Kondensatorlar yassi, qog‘ozli, slyudali, elektrolitli va shu kabi bo‘lib, ularning o‘lchami bir necha millimetr qalinlikdan to 0, 5 metrdan katta o‘lchamlardagilari bo‘ladi. Kondensator o‘zaro qarama-qarshi zaryadlanuvchi ikkita qoplama (plastinka) lardan iborat bo‘lib, ular o‘rtasiga kondensatorning elektr sig‘imini orttirish maqsadida yupqa dielektrik materiallar joylashtiriladi.
1-rasm. Kondensatorlarning elektr sxemada belgilanishi.
a) O‘zgarmas sig‘imli kondengsator;
b) O‘zgaruvchan sig‘imli kondensator;
v) Elektrolitik kondensator;
g) Elektrolitik minikondensatorning mikrosxemalarda belgilanishi.
Kondensatorning o‘zining elektr sig‘imi va ish kuchlanishi bilan tavsiflanadi. Kondensatorning elektr sig‘imi uning qoplamalaridagi to‘plangan zaryad miqdoriga to‘g‘ri va potensiallar ayirmasiga teskari proporsional bo‘ladi, ya’ni
, (1)
bunda S- kondenstaor sig‘imi; - kondensator qoplamalaridagi zaryad miqdori; - potensiallar ayirmasi (kuchlanish). Kondenstaor elektr sig‘imining birligi SI sistemasida – Farada.qoplamalarida bir Kl dan har ikki turdagi zaryadlar to‘rlanganda ular orasidagi potensiallar ayirmasi 1 V ga teng bo‘lgan kondensatorning elektr sig‘imi 1F ga teng bo‘ladi, ya’ni
1F=1Kl/1V.
1F juda katta sig‘im bo‘lganligi sababli amaliyotda mikrofarada , pikofarada qo‘llaniladi va ular sxemalarda mkF, pF shaklida yoziladi.
Kondensator zaryadi bu qoplamadagi zaryadning absolyut qiymati bo‘lib, qoplamalar orasidagi elektr maydon kattaligi bilan tavsiflanadi. Elektr maydon kondensator qoplamalari orasidagi hajmda joylashadi. Bu kattalik kondensator sig‘imi, undagi potensiallar ayirmasi, zaryad miqdori, plastinka yoki qoplamalar orasidagi masofaga, oraliqqa kiritilgan dielektrik material turiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, yassi kondensator (dielektrik - havo) qoplamalari orasidagi maydon kuchlanganligi quyidagicha ifodalanadi:
. (2)
Agar qoplamalar orasidagi d masofa va potensiallar ayirmasi hisobga olinsa, maydon kuchlanganligini quyidagicha yozish mumkin:
,
bundan
, (3)
bunda E- elektr maydon kuchlanganligi; - yassi kondensator sig‘imi; - muhitning dielektrik singdiruvchanligi.
Kondensatorning potensial energiyasini maydon kuchlanganligi bilan bog‘lab, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
bunda -kondensator qoplamalaridagi zaryad miqdori; -plastinkalar orasidagi masofa.
Unda, (3) asosida kondensator energiyasining potensiallar ayirmasi va kondensator sig‘imi bilan bog‘langanligini quyidagicha ifodalash mumkin, ya’ni
(5)
Kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon energiyasini, kondensator ishlab chiqarishda qo‘llanilgan materiallar va uning o‘lchamlari bilan bog‘langan holati uchun yuqoridagi (2), (3), (4) va (5) lardan foydalanib quyidagi ifodani yozish mumkin:
. (6)
Kondensatorning birlik hajmdagi elektr maydoni energiyasi quyidagiga teng bo‘ladi, ya’ni
. (7)
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, kondensatorni ayrim parametrlarini o‘lchash yo‘li bilan amaliyotda uning sig‘imini, maydon energiyasini, muhitning dielektrik singdiruvchanligini aniqlash mumkin.
Masalan, agar biror noma’lum sig‘imli kondensatorni zaryadlasak va uning zaryadsizlanishini kuzatsak, zaryad ravon kamayib bormasdan, balki sakrab-sakrab kamayib borishini galvanometr mili ko‘rsatadi. Sig‘imlari turlicha bo‘lgan zaryadlangan kondensatorlarga galvanometr ulansa, turli qiymatlarni ko‘rsatib kamayib boradi. Unda ma’lum sig‘imli kondennsator orqali galvanometrni darajalab, so‘ngra noma’lum sig‘imli kondensator sig‘imini taqqoslash yo‘li bilan aniqlash mumkin bo‘ladi.
Sig‘imi ma’lum bo‘lgan kondensator bo‘lsa, kondensatorning S sig‘imi kattaligi galvanometrning mili og‘adigan bo‘linmalar soniga to‘g‘ri proporsional , ya’ni ekanligiga tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Unda shkalaning bitta bo‘linmasiga mos keladigan elektr sig‘imni ifodalovchi proporsionallik koeffitsientini quyidagi shaklda yozish mumkin:
. (8)
Demak, avval darajalangan galvanometr yordamida sig‘imi aniq kondensator sig‘imini bilgan holda, sig‘imini bilgan holda, sig‘imi noma’lum bo‘lgan kondensator bilan tajribani takrorlab, uning sig‘imini galvanometr milining og‘ishiga qarab aniqlash mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |