Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə105/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

Laboratoriya ishi №5


Mavzu: O‘tkazgichning solishtirma qarshiligini o‘lchash.

Ishning maqsadi: 1. O‘tkazgichlar qarshiligining materialiga bog‘liqligini o‘rganish. 2. O‘tkazgich qarshiligining materialning uzunligiga, ko‘ndalang kesim yuziga bog‘liqligini o‘rganish.


Kerakli asbob uskunalar: O‘zgarmas elektr tok manbai. O‘zgarmas tok ampermetri va volptmetri. O‘rganilayotgan o‘tkazgich namunalari va boshqa yordamchi aslahalar.
Nazariy qism.

O‘tkazgichning qarshiligi uning materialiga va geometrik o‘lchamlariga bog‘liq. Ko‘ndalang kesim yuzi S va l uzunlikdagi o‘tkazgichning qarshiligini hisoblash formulasini quyidagicha yozish mumkin:


(1)
bunda: r — o‘tkazgich moddasining turi va holatiga (avvalo, temperaturasiga) bog‘liq bo‘lgan kattalik bo‘lib, uni o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi deyiladi. Solishtirma qarshilikning son qiymati qirrasi 1 m bo‘lgan kub shaklidagi o‘tkazgichning o‘zaro parallel va qarama-qarshi tomonlari bo‘ylab 1A tok o‘tkazilgan holatdagi qarshiligiga teng.
O‘tkazgich qarshiligining birligi SI sistemada Om qonuni asosida aniqlanadi. Potensiallar ayirmasi 1 V bo‘lganda o‘tkazgichdan 1 A tok o‘tsa, bu o‘tkazgichning qarshiligi 1 Om bo‘ladi. Solishtirma qarshilik birligi 1 Om.m. Metallarning solishtirma qarshiligi juda kichik bo‘ladi. Dielektriklarning solishtirma qarshiligi juda katta bo‘ladi. Quyidagi jadvalda baozi moddalar solishtirma qarshiliklarining qiymatlari berilgan.
1 – jadval

Moddalar

, (200Sda), Omm

Kumush

1,6  10-8

Mis

1,8  10-8

Grafit

3  10-8

NaCl ning suvdagi 10% li eritmasi

8  10-8

Kremniy

103

Suv (kimyoviy toza)

106

Chinni

10113

O‘tkazgichning yuzi ifodadan topiladi va uni (1) formulaga qo‘yib,  ni hisoblab topiladigan formula hosil qilinadi:
(2)
Om qonuni formulasidan o‘tkazgich qarshiligini topib, uning qiymatani (9) formulaga qo‘yilsa, u holda o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi ifodasini zanjirdagi elektr toki va kuchlanishi orqali quyidagacha yozish mumkin:
(3)
bu yerda d – simning diametri; I va U – elektr zanjirdagi tok va kuchlanish; l – o‘tkazgich uzunligi.



Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin