95
II bob. 8-mavzu.
NAMLIKNI O‘LCHASH VA NAZORAT QILISH VOSITALARI
Reja:
8.1.Umumiy ma’lumotlar. O’lchash o’zgartgichlari.
8.2. Tuproq namligini o‘lchash usullari va asboblari.
8.3. Suyuqlik sathini o‘lchash va avtomatik nazorat qilish vositalari
8.4. Tuproqning qattiqligi va zichligini o‘lchash asboblari. Areometrlar.
8.1. Umumiy ma’lumotlar. O’lchash o’zgartgichlari.
Texnologik
jarayonlarni nazorat qilish, ularni sozlash va boshqarish hamdamashina va
agregatlarning
parametrlarini tadqiq qilish, ayniqsa qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va parrandachilik
mahsulotlarini
yetishtirish, saqlash, qayta ishlashtexnologik jarayonlarida,
gidromeliorativ tizimlarni
avtomatlashtirishda ko‘pgina noelektrik kattaliklarni yuqori aniqlikda o‘lchash talab qilinadi. Bu
kattaliklarga mexanik siljish, tezlik, kuch, tezlanish, deformatsiya, suv va suyuqliklar sathi va sarfi, bosim,
harorat, namlik, mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari va boshqa yuzdan ortiq parametrlar kiradi. Uzoq
masofadan turib o‘lchash va ma’lumotlarni kam xatolik bilan masofaga uzatish kabi afzalliklarga ega
bo‘lgan elektrik usullar va elektr o‘lchash vositalar yordamida bajariladi.
Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda qo‘llaniladigan vositalar xilma-xil bo‘lishiga qaramay,
o‘lchash usuli va vositalarning umumiy xususiyatlari hammavjud.
Umumiylik shundan iboratki,
o‘lchanayotgan har qanday noelektrik kattalik avval unga proportsional bo‘lgan elektr (tok, kuchlanish,
qarshilik, chastota va boshqalar) kattaligiga aylantiriladi, keyin esa elektr o‘lchash
asbobi yordamida
o‘lchanadi. Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladigan o‘zgartgichlarga qo‘yiladigan asosiy talab
– o‘lchash ma’lumotini aniqligi va jarayonni to‘g‘ri aksettirishdir. O‘lchanayotgan
kattalikni
o‘zgartirish usuliga (bevosita, bilvosita yoki muvozanatlash) ko‘ra u yoki bu turdagi xatoliklar yuzaga
keladi.
Dostları ilə paylaş: