96
Tuzilishi va ishlash asosiga ko‘ra o‘lchash o‘zgartgich (O‘O‘)lari juda xilma-xil bo‘lsada, ular
o‘zgartirish
vazifasi, darajalash tavsifi, xatoligi, o‘lchash diapazoni
kabi umumiy tavsiflar bilan
xarakterlanadi.
O‘lchash o‘zgartgichining o‘zgartirish vazifasi – o‘zgartgichning chiqish va kirish kattaliklarning
funktsional bog‘lanishi bo‘lib, analitik, jadval va grafik ko‘rinishida ifodalanadi. O‘zDavST 8009–84 ga
ko‘ra o‘zgartirish vazifasi – O‘O‘ chiqish signali informativ parametrining
kirish signali informativ
parametri bilan funktsional bog‘liqligidir.
Darajalash natijasida olingan chiqish va kirish qiymatlarining o‘zaro bog‘liqligi O‘O‘ning
darajalash tavsifi deyiladi. U formula, jadval va grafik ko‘rinishlarida berilishi mumkin.
O‘O‘ning xatoligi – haqiqiy va nominal (o‘lchangan) o‘zgartirish funktsiyalari orasidagi farq
bo‘lib, o‘lchash vositalari xatoliklari singari topiladi. O‘O‘ning o‘lchash diapazoni deb – o‘lchash xatoligi
normallashtirilgan o‘lchash kattalikning qiymatlar sohasiga aytiladi.
O‘lchash o‘zgartkichlarining klassifikatsiyasi
O‘O‘larning yuqorida keltirilgan tavsiflaridan tashqari parametrlarning mo‘‘tadilligi, ishonchligi,
massasi, narxi, gabarit o‘lchamlari va boshqa parametrlari ham o‘rganiladi.
O‘O‘lar vazifasi va ishlash tamoyiliga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Vazifasiga ko‘ra mexanik,
gidravlik,
issiqlik, kimyoviy, biologik, pnevmatik va boshqa kattaliklar O‘O‘lariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan
noelektrik kattalik unga proportsional bo‘lgan EYUK yoki tokka o‘zgartiriladi.
Ularga elektromagnit,
induksiyali, termoelektrik (termojuftliklar) p’ezoelektrik va galvanomagnit O‘O‘lari kiradi. Parametrik
O‘O‘larda o‘lchanayotgan kattalik qarshilik,
induktivlik, o‘zaro induktivlik va sig‘im kabi elektr
zanjirining parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit (induktiv, transformator va magnit
qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistrlar, fotodiodlar va fototranzistorlar), elektrokimyo
(elektrolitik), rezistiv va elektrostatik O‘O‘lari kiradi[16,17].