Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


-rasm. Cho‘lg‘am seksiyalarini ulanish sxemalari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə43/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

36-rasm. Cho‘lg‘am seksiyalarini ulanish sxemalari.
a) sirtmoqsimon b) to‘lqinsimon


O‘zgarmas tok mashinalarida to‘rilangan tok va kuchlanishning pulsatsiyalanishini kamaytirish shuningdek, kollektor plastinalari orasidagi kuchlanishni pasaytirish uchun cho‘lg‘amlarni tayyorlashda quyidagi shartga amal qilish yaoni Un=110 220 B bo‘lganda K / 2R = 12 35 bo‘lishi kerak, yaoni kollektor plastinalarining sonini qutblar soniga nisbati belgilangan chegaradan chiqmasligi shart.


2. Seksiyalardagi elektr yurituvchi kuch


Cho‘lg‘am seksiyalarida xosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchni xisoblash uchun biz yakorni o‘z o‘qi tekisligida kesilgan, paz va cho‘lg‘am shu tekislikda yotadi deb qabul kilamiz. Shuningdek, yoyilgan yakor qo‘zalmas qutb o‘zaklarga nisbatan o‘ngdan chapga xarakatlanadi deb faraz qilamiz. Seksiyada induksiyalangan elektr yurituvchi kuch seksiyaning eni qutb bo‘linmasi ga teng bo‘lganda eng katta qiymatga ega bo‘ladi, chunki bu xolda seksiyaning xavo bo‘shliidagi magnit oqimi F bilan ilashish oqimi eng katta bo‘ladi. Bunda seksiyaning xar kanday xolatida xam uning aktiv tomonlarida qarama-qarshi yo‘nalgan elektr yurituvchi kuch xosil bo‘ladi va bu elektr yurituvchi kuchlar seksiyaning konturi bo‘ylab qo‘shiladi.


Shunga qaramasdan cho‘lg‘am seksiyalarining eni yaoni qadami U, qutb bo‘linmasi  dan farq qiladi. Agar U1= bo‘lsa to‘la yoki diametral qadamli, U1> bo‘lsa, uzaytirilgan va U1< bo‘lganda qisqartirilgan qadamli cho‘lg‘am deyiladi. Qisqartirilgan qadamli cho‘lg‘amni tayyorlash uchun rangli metall kam sarflanadi. Cho‘lg‘am qadami paz yoki tishlar bo‘linmalari orqali xam ifodalanishi mumkin.
U1=  
bu yerda shunday sonki, u qo‘shilganda yoki ayrilganda cho‘lg‘amning qadami U1, butun songa teng bo‘ladi. Yakor cho‘lg‘amining seksiyasida va umuman cho‘lg‘amda o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Bizga maolumki, sinusoidal elektr yurituvchi kuch vektor diagrammada vektor ko‘rinishida chiziladi. Seksiyalardagi elektr yurituvchi kuch nosinusoidal formada o‘zgarganligi sababli vektor diagrammani chizishda elektr yurituvchi kuchning birinchi garmonikasini xisobga olish kerak.
Seksiyalarning tomonlari magnit o‘zakning turli pazlarida joylashtiriladi shuning uchun xar xil pazlarda joylashgan o‘tkazgichlardagi elektr yurituvchi kuch vektorlari biri-biridan faza bo‘yicha farq qiladi. Magnit o‘zakning qo‘shni pazlarida joylashgan o‘tkazgichlardagi elektr yurituvchi kuchlarining faza farqi  quyidagicha ifodalanadi:
 =
bu yerda: r – juft qutblar soni; Z – pazlar soni.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin