Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


O‘zgarmas tok mashinalarining generator usulida ishlashi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə46/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

1. O‘zgarmas tok mashinalarining generator usulida ishlashi


Ishlab chiqarish korxonalarida asosan o‘zgaruvchan tok qo‘llanilishiga qaramasdan o‘zgarmas tok generatorlari xam turli korxonalarda transportda va qurilmalarda xozirgacha qo‘llanilmokda. Bunday xollarda o‘zgarmas tok generatorlarining yakorlari elektrodvigatellar, par turbinalari yoki ichki yonar dvigatellari yordamida aylantiriladi.


O‘zgarmas tok generatorlari qo‘zatish usuliga asosan ikki turga bo‘linadi:1. Mustaqil qo‘zatishli o‘zgarmas tok generatori; 2. O‘zini-o‘zi qo‘zatuvchi o‘zgarmas tok generatori.
Mustaqil qo‘zatishli o‘zgarmas tok generatorlari (44,a-rasm) elektromagnitli va mangitoelektrikli o‘zgarmas tok generatorlariga bo‘linadi. Elektromagnitli o‘zgarmas tok generatorlarining qo‘zatish cho‘lg‘amiga qo‘zatish toki akkumlyator batareyasidan yoki o‘zgarmas tok manbaidan olinadi. Magnitoelektrikli o‘zgarmas tok generatorlarini asosiy magnit maydoni doimiy magnit o‘zaklar yordamida xosil qilinadi. O‘zini-o‘zi qo‘zgatuvchi o‘zgarmas tok generatorlarida asosiy maydonni xosil qilish uchun, elektr mashinaning o‘zida xosil qilingan elektr energiya sarflanadi. Elektromagnit qo‘zatishli o‘zgarmas tok mashinalarining nominal quvvatini 0,35 % foizini qo‘zatish magnit oqimini xosil qilish uchun sarflanadi. O‘zini-o‘zi qo‘zatuvchi o‘zgarmas tok generatorlari qo‘zatish cho‘lg‘amini yakor cho‘lg‘ami bilan ulanish usuliga asosan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Parallel qo‘zatishli yoki shuntli (44,b-rasm); 2. Ketma-ket qo‘zatishli yoki seriesli (44,v-rasm); 3. Aralash qo‘zatishli (44,g-rasm). Rasmlardagi uzluksiz yoy bilan generator rejimida va uzilgan yoy bilan dvigatel rejimida ishlayotgan o‘zgarmas tok mashinasining yakor cho‘lg‘amidagi toklarning yo‘nalishlari ko‘rsatilgan.




44-rasm. Generator va dvigatellarning elektr sxemalari
a) mustaqil b) parallel v) ketma-ket g) aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli


Aralash qo‘zatishli o‘zgarmas tok generatorlarining asosiy qutb o‘zagiga yakor cho‘lg‘ami bilan parallel va ketma-ket ulangan parallel va ketma-ket qo‘zatish cho‘lg‘amlari o‘rnatiladi. Parallel va ketma-ket qo‘zatish cho‘lg‘amlar bir-biri bilan mos yoki qarama-qarshi ulanishi mumkin. Aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok mashinalarining cho‘lg‘amlari bir-biri bilan ko‘pincha mos ulanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin