Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatelining mexanik xarakteristikalari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə54/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

2.1. Parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatelining mexanik xarakteristikalari




O‘zgarmas tok dvigatelining tezlik va mexanik xarakteristikalarini (13-7) va (13-8) ifodalar yordamida qurish mumkin.
O‘zgarmas tok dvigatelining yakor cho‘lg‘amiga qo‘shimcha qarshilik ulanmasdan chizilgan tavsiflariga tabiiy tavsiflar deb ataladi.


55-rasm. Dvigatelning me-xanik va tezlik xarak-teristikalari
O‘zgarmas tok mashinasining cho‘tkalari geometrik neytral chiziiga o‘rnatilgan bo‘lsa, yakor toki Ia ning ortishi bilan boliq bo‘lgan yakorning ko‘ndalang reaksiyasini taosirida xavo bo‘shliidagi magnit oqimi F kamayadi. Bu xol (13-8) dan tezlikni ortishiga sabab bo‘ladi, lekin yakor cho‘lg‘amidagi kuchlanishni aktiv pasayishi IaRa ni ortishi yakorning tezligini kamaytiradi. Shunday qilib, o‘zgarmas tok dvigatelining elektromexanik xarakteris-tikasi uch xil ko‘rinishda bo‘-lishi mumkin ekan. O‘zgarmas tok dvigatelining elektromexanik xarakteristikasini bu ko‘rinish-larini 55-rasmda ko‘rishimiz mumkin: 1-chiziq yakor cho‘la-midagi kuchlanishni aktiv pasa-yishi IaRa ning yakor tezligiga taosiri magnit oqimining taosiriga nisbatan kuchliroq bo‘lganda; 2-chiziq yakor cho‘lg‘amidagi kuchlanishning aktiv pasayishi va xavo bo‘shliidagi magnit oqimining kamayishi yakorning tezligiga bir xil taosir ko‘rsatganlarida; 3-chiziq xavo bo‘shliidagi magnit oqim F ning kamayishi tezlikka kuchliroq taosir ko‘rsatganda. Rasmdagi 3-chiziqga o‘xshash xarakteristikaga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok dvigatellari, turunlik chegarasi nuqtai nazaridan qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bermaydi shuning uchun bunday ko‘rinishdagi xarakteristikaga ega bo‘lgan dvigatellar ishlab chiqarilmaydi. Asosan 55-rasmdagi 1-chiziqga o‘xshash xarak-teristikaga ega bo‘lgan parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari ishlab chiqariladi.
Parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigateli salt ishlash rejimidan nominal yuklama rejimiga o‘tganda yakorning tezligi 2-8% ga o‘zgaradi, shuning uchun parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatellarini «qattiq» mexanik xarakteristikali dvigatellar deb ataladi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin