Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


- rasm. Moment M, yakor toki I



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə53/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

54 - rasm. Moment M, yakor toki Ia va
tezliklarning o‘zgarishi


Bu kattaliklarni o‘zgarishi eksponensial qonun bo‘yicha bo‘ladi. Ishga kiritish toki Iik ning kattaligi Iamin=(1,11,3)Iaga teng-
lashganda kontaktorning K1 kontakti yordamida ishga tushirish qarshili-
gining birinchi bosqichi yakor cho‘lg‘amidan chiqari-ladi. Rik ni kamayishi I va M, n larni ortishiga olib keladi. Bu xol ishga kiritish jarayonini oxirigacha davom etadi. Ishga kiritish sxemasini soddalashtirish va arzonlashtirish maqsadida ishga tushirish qarshiliklarini bosqichlari 3-4 tadan ortmasligi kerak. Ishga tushirish jarayonida qo‘zatish cho‘lg‘amining zanjirini manbadan uzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks xolda, qo‘zatish magnit oqimining kamayishi xisobiga tezlik keskin ortib ketishi mumkin. Ishga tushirish tokini kamaytirish uchun yakor cho‘lg‘amidagi kuchlanishni pasaytirish xam mumkin. Lekin bunday manbani tayyorlash katta mablani sarflashni talab qiladi. Bu usul katta quvvatli o‘zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish maqsadlarida foydalaniladi.
O‘zgarmas tok dvigatellarini aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun yakor cho‘lg‘amidagi yoki ko‘zatish cho‘lg‘amidagi tokni yo‘nalishini o‘zgartirish kerak. Aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish uchun parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellarining ishga tushirish sxemalarini qo‘llash mumkin. O‘zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish maqsadida tanlangan reostat va qarshiliklar ishga tushirish davriga, yaoni qisqa muddatli rejimga xisoblanganliklari sababli ularni o‘zgarmas tok dvigatelining yakorini tezligini rostlash maqsadida foyda-lanishga ruxsat berilmaydi.


2. O‘zgarmas tok dvigatelining tezligini rostlash


O‘zgarmas tok dvigatellarining yakorini aylanish tezligini (13-8) va (13-10) tenglamalaridan quyidagi usullar yordamida rostlash mumkin:


1. xavo bo‘shliidagi magnit oqimi F ni o‘zgartirish;
2.Yakor cho‘lg‘amiga ketma-ket rostlash reostatlarini yoki qarshiliklarini ulash;
3. Yakor zanjiridagi kuchlanishni o‘zgartirsh usuli.
Amalda eng ko‘p tarqalgan va iqtisodiy samara beradigan usul yakor tezligini xavo bo‘shligidagi magnit oqimi F ni o‘zgartirib tezlikni rostlash usuli xisoblanadi. Umuman nominal rejimda ishlayotgan barcha elektr mashinalarning nominal rejimlarida xavo bo‘shliqlarida eng katta magnit oqim xosil bo‘lib, tezlik juda kichik bo‘ladi, shuning uchun tezlikni rostlash uchun magnit oqimini faqat kamaytirish mumkin. O‘tgan paragrafdagi (13-10) formuladan qo‘rinib turibdiki, magnit oqimini kamaytirish dvigatelning tezligini nominal qiymatidan yuqori tomonga rostlash imkonini beradi. Qo‘zatish tokini kamaytirish dvigatelning quvvatini pasaytirib f.i.k. ni ortishiga olib keladi. Yakor cho‘lg‘amiga qo‘shimcha qarshilik ulash, yakor tezligining nominal qiymatidan past tezliklarga o‘zgartirish imkonini beradi. Yakor cho‘lg‘amiga qo‘shimcha qarshilik ulanganda dvigatelning f.i.k.i pasayadi. Qarshilik ulanganda (13-8) tenglik o‘rnini quyidagi ifoda egallaydi.

n = (13-14)


Tenglikdan ko‘rinib turibdiki, tezlikni o‘zgartirish uchun yakor cho‘lg‘amidagi qarshilikni o‘zgartirilsa, quvvat iroflari ortib, dvigitelning f.i.k.i pasayadi. O‘zgarmas tok dvigatelining tezligini yakorning kuchlanishini o‘zgartirib xam rostlash mumkin. Yakorning kuchlanishini nominal qiymatidan orttirish mumkin bo‘lmaganligi sababli kuchlanish kamaytiriladi, shuning uchun bu usul yordamida tezlikni nominal qiymatidan kichik qiymatlarigacha rostlash mumkin. Bu usulni tezlikni rostlash uchun qo‘llanilganda o‘zgarmas tok dvigatelining f.i.k.i yuqori bo‘ladi.


Lekin tezlikni rostlash uchun yakor cho‘lg‘amidaga kuchlanishini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan manba kerak bo‘ladi, bu esa rostlash sxemasini tayyorlashda qo‘shimcha mabla sarflashni talab qiladi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin