2. O‘zgarmas tok dvigatellarining aylantiruvchi moment tenglamalari
O‘zgarmas tok dvigatellarining elektromagnit quvvati elektromagnit momentini xosil qiladi.
Mem = (13-3)
Elektromagnit moment xarakatlantiruvchi moment bo‘lib xisoblanib, yakorning aylanish yo‘nalishi tomonga yo‘nalgan va quyidagi tormozlovchi momentlarni muvozanatlaydi:
1. Rmg, Rk va Rmx - quvvat isroflariga bolik momentlar;
2. Mayl - ishchi mashina yoki mexanizm xosil qiluvchi momentni;
3. Md- dinamik moment.
Mayl = moment tormozlovchi xususiyatga ega.
Shunday qilib,
Mem = M0+Mayl+Md
yoki
Mem = Mst+Md
bu yerda: Mst-dvigatelni valiga ulangan ishlab chiqarish mexanizmini xosil qilgan statik qarshilik moment; Md-o‘tish jarayonidagi dinamik moment.
O‘zgarmas tok dvigatelining qaror topgan rejimlarida n=const bo‘lganligi uchun Md=0 bo‘ladi, yaoni dinamik moment faqat o‘tish jarayonida mavjud bo‘ladi.
O‘zgarmas tok dvigatellarining yakor cho‘lg‘amidagi elektr yurituvchi kuch Yea yakor tokiga teskari yo‘nalgan bo‘lganligi sababli, Yea ni yakorning teskari elektr yurituvchi kuchi deyiladi. O‘zgarmas tok dvigatelining yakor cho‘lg‘amidagi kuchlanishi
U=Ea+IaRa (13-4)
Bu tenglamadan yakor cho‘lg‘amidagi tok:
Ia= (13-5)
Yakordagi elektr yurituvchi kuch
Yea=Ce F n (13-6)
Bu yerda: Ra- yakor cho‘lg‘amining to‘la aktiv qarshiligi
U xolda yakor cho‘lg‘amidagi tok
Ia= (13-7)
Dostları ilə paylaş: |