Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


-rasm. Rasm ketma-ket qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatelini tabiiy tezlik tavsifi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə58/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

59-rasm. Rasm ketma-ket qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatelini tabiiy tezlik tavsifi
Ketma-ket qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatellarini tezligini rostlash uchun xavo bo‘shliidagi magnit oqimni o‘zgartirish usulini qo‘llash mumkin.
Ketma-ket qo‘zatish cho‘lg‘amli dvigatellarning tezligini magnit oqimni o‘zgartirib rostlash uchun qo‘zatish cho‘lg‘amining o‘ramlar soni kamaytiriladi, buni amalda bajarish uchun dvigatelning qo‘zatish cho‘lg‘ami bir nechta shoxobchali ko‘rinishda tayyorlanadi (60,a-rasm) yoki qo‘zatish cho‘lg‘amiga parallel reostat ulanadi. Yakor cho‘lg‘amini shuntlash usuli qo‘llanganda (60,b-rasm) tok va qo‘zatish magnit oqimi ortadi tezlik esa kamayadi. Bu usulni magnit tizimi to‘yinmagan dvigatellarning tezligini rostlash uchun qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.


60-rasm. Ketma-ket qo‘zatish cho‘lg‘amli dvigatelni tezligini rostlash sxemasi.
a) qo‘zatish cho‘lg‘amini shuntlash, b) yakorni shuntlash, v) yakor cho‘lg‘amida qarshilik ulash


Yakor cho‘lg‘amiga qarshilik ulab (60-v rasm) tezlik rostlanganda tezlik nominal tezlikdan kichik tezliklarga o‘zgartiriladi. Bu usulni qo‘llash dvigatelning f.i.k. ni pasayishiga olib keladi. Tezlikni rostlashning 60,b va 60,v sxemalari qo‘llanganda mashinadagi quvvat isroflari ortib ketadi f.i.k. esa kamayadi. Ketma-ket qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatellarini generator rejimida ishlatish uchun ularning qo‘zatish cho‘lg‘amlarini yakor cho‘lg‘amiga ulanadigan boshi va oxirlarini ulanishi o‘zgartirilishi kerak.


2.4. Aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari




Aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellarida xam generatorlarnikiga o‘xshash parallel va ketma-ket qo‘zatish cho‘lg‘amlari o‘rnatilgan. Bu cho‘lg‘amlar o‘zaro mos va qarama-qarshi ulanishi mumkin. Aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelining ketma–ket qo‘zatish cho‘lg‘amini magnit oqimi parallel qo‘zatish cho‘lg‘amining magnit oqimiga qarama–qarshi yo‘nalgan sxema bo‘yicha ulanganda, valdagi yuklama ortganda, xavo bo‘shliidagi magnit oqim F- kamayadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin