Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Tayanch suzlar va iboralar



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə52/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

Tayanch suzlar va iboralar.


Yurgizib yuboruvchi moment, xavo byuushligidagi magnit okimi, UTM
maxsus turlari, kontaktorlar kushimcha karshiliklar, yurgizish sxema-
lari, reostatlar.


1. O‘zgarmas tok dvigatellarini ishga kiritish


O‘zgarmas tok dvigatellarini yurgizib yuborishda: 1) yakor kerakli tezlikka erishishi uchun valda yetarli yurgizib yuboruvchi moment xosil bo‘lishi; 2) yakor cho‘lg‘amlarida dvigatel uchun xavfli bo‘lgan ishga kiritish toklarini xosil bo‘lmasligini taominlash kerak.


O‘zgarmas tok dvigatellari quyidagi asosiy uch xil usulda ishga tushiriladi:
1.Dvigatelni manbaga to‘ridan-to‘ri ulash;
2.Yakor cho‘lg‘amiga qo‘shimcha yurgizish qarshiliklarini yoki reostatlarni ulash.
3.Yakor cho‘lg‘amidagi kuchlanishni pasaytirish yordamida yurgizish.
Agar n=0 bo‘lsa, Ea=0 bo‘lib (13-7) dan yakordagi ishga kiritish toki
Iit= (13.11)
bo‘ladi. Umuman o‘zgarmas tok dvigatellarida Ra=0,02 ¸ 0,1 bo‘lganligi sababli ishga tushirish toki Iit=(50 ¸ 10) In ga tenglashishi mumkin. Shuning uchun yakor cho‘lg‘amini to‘ridan-to‘ri manbaga ulash usuli yakor cho‘lg‘amining aktiv qarshiligi katta bo‘lgan kichik quvvatli o‘zgarmas tok dvigatellarida qo‘llaniladi.


53-rasm. Parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli dvigatelni yurgizish sxemasi
a) reostat yordamida yurgizish; b) qarshiliklar yordamida yurgizish


O‘zgarmas tok dvigatellarining yakor cho‘lg‘amida qo‘shimcha qarshiliklar yoki reostatlar ulab ishga tushirish usuli ko‘p qo‘llaniladi. Bu xolda ishga tushirishning boshlanishida n=0 da Rit - yurgizish reostati yoki yurgizish qarshiliklarining xamma bosqichlari yakor cho‘lg‘amiga ulanganda, yakor tokining ishga tushirish jarayonidagi qiymati (13-7) dan quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Iit= (13-12)
Bunda ishga tushirish Rit qarshiligi shunday tanlanishi kerakki, yurgizish jarayonining boshlanishida: Iit=(1,41,7) Ia kichik quvvatli mashinalarda esa Iik=(22,5)In dan katta bo‘lmasligi kerak Parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelini yurgizish qarshiligi yordamida yurgizish jarayonini ko‘raylik (54-rasm). t=0 da yurgizish qarshiliklarini ulovchi kontaktorlarining kontaktlari K1, K2 va K3 lar ochiq bo‘lib, yakor zanjiriga ishga kiritish qarshiliklarini xamma bosqichlari ulangan bo‘ladi. Ishga tushirish jarayonida qo‘zatish cho‘lg‘amidagi tok xavo bo‘shliida nominal magnit oqimini xosil bo‘lishini taominlashi uchun qo‘zatish cho‘lg‘ami nominal kuchlanishga ulanadi. Yakor cho‘lg‘amini kuchlanish manbaiga ulanganda yakor cho‘lg‘amida Iik va qo‘zatish cho‘lg‘amida Iq toklari xosil bo‘ladi.
(13-13)
Agar M>Mst shart bajarilsa, yakor asta-sekin aylanib tezligi n=0 dan asta-sekin ortib boradi va yakor cho‘lg‘amida aylanish tezlik n ga proporsional bo‘lgan elektr yurituvchi kuch Yea induksiyalanadi, (13-8), (13-9) va (13-11) lardan yakor toki Ia va moment M kamayadi, tezlik n ni esa, ortishini ko‘rishimiz mumkin.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin