Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


O‘zgarmas tok dvigatellarining kuchlanish va tok tenglamalari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə48/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

O‘zgarmas tok dvigatellarining kuchlanish va tok tenglamalari.

  • O‘zgarmas tok dvigatellarining tezlik tenglamalari.


    Tayanch suzlar va iboralar.


    Ulanish sxemasi, umumiy tenglamalari, kuchlanish tenglamasi,tok tenglamasi, dinamik moment, xarakatlanuvchi moment, tormozlovchi moment.

    O‘zgarmas tok dvigatellari asosan tezligi bir tekisda va keng oraliqda o‘zgaruvchan ishlab chiqarish mexanizmlarini xarakatga keltirish maqsadida qo‘llaniladi. O‘zgarmas tok dvigatellarining qo‘zatish sistemasiga asosan o‘zgarmas tok generatorlariga o‘xshash bo‘lib mustaqil, parallel, ketma-ket va aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellariga bo‘linadi. O‘zgarmas tok dvigatellarining ulanish sxemalari o‘zgarmas tok generatorlarini o‘rganilganda ko‘rib o‘tilgan (44-rasm).




    1. O‘ZGARMAS TOK DVIGATELINING ENERGETIK DIAGRAMMASI


    O‘zgarmas tok dvigatelining energetik diagrammasini parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelining misolida ko‘ramiz. Faraz qilaylik, parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli manbadan birlamchi elektrik quvvat R1 ni qabul qilayotgan bo‘lsin.


    Bu quvvatni bir qismi qo‘zatish cho‘lg‘amlaridagi quvvat isrofini Rq va yakor cho‘lg‘amidagi quvvat isrofi

    Rela=Ia2Ra


    da sarflanadi. Manbadan qabul qilingan quvvatning qolgan qismi elektromagnit quvvat xisoblanadi


    Rem=R1-Rq-Rela


    51-rasm. Parallel qo‘z-atish cho‘lg‘amli dviga-telning energetik diagrammasi


    Elektromagnit quvvat mexa-nik quvvatga aylanadi. Me-xanik quvvat xisobiga dvigatelning magnit Rmg, qo‘shimcha Rqo‘sh va mexanik Rmx quvvat isroflari qoplanadi. Parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dviga-telining energetik diagrammasi 51-rasmda keltirilgan.
    Ishlab chiqarish mexanizmiga uzatilayotgan foydali quvvat R2 quyidagicha aniqlanadi.


    R2=R1- Rq - Rela- Rmg-Rmx-Rqo‘sh (13-1)


    bu yerda: Rqo‘sh - quvvatning qo‘shimcha isroflari; Rq - dvigatelning qo‘zatish cho‘lg‘amidagi isroflar.
    xuddi shu energetik diagrammaga o‘xshash energetik diagrammalarni boshqa turdagi o‘zgarmas tok dvigatellari uchun xam qurish mumkin.

    Yüklə 1,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin