O‘ZGARMAS TOK MAShINALARINING YaKOR ChO‘LG‘AMLARI, ELEKTR YuRITUVChI KUChI, YaKOR ChO‘LG‘AMLARINI TANLASh.
Reja: O‘zgarmas tok mashinalarining yakor cho‘lg‘amlari
Seksmyalardagi elektr yurituvchi kuch.
Sirtmoqsimon cho‘lg‘am.
To‘lqinsimon cho‘lg‘am.
Cho‘lg‘amlarni tanlash.
Yakor cho‘lg‘amining elektr yurituvchi kuchi.
Tayanch suzlar va iboralar. Elektr mustaxkamlik, mexanik mustaxkamlik, kollektor, sirtmoksimon chulgam, tulkinsimon chulgam, seksiyalardagi e.yu.k., yakor chulgamidagi e.yu.k.
1. O‘zgarmas tok mashinalarining yakor cho‘lg‘amlari
O‘zgarmas tok mashinalarining yakor cho‘lg‘amlari ularning asosiy elementlaridan xisoblanib, quyidagi talablarni qanoatlantirishlari shart:
1. Cho‘lg‘am mashinaning nominal kuchlanishi va yuklama tokiga xisoblangan bo‘lishi kerak;
2. Mashinaning (15-20 yil) ishlashi uchun yakor cho‘lg‘ami yetarli elektrik, mexanik mustaxkamlikga ega va issiqlikga chidamli bo‘lishi kerak;
3. Cho‘lg‘amni tayyorlash konstruksiyasi kollektordan elektr tokini uchqunsiz uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
4. Berilgan foydali ish koeffitsientini taominlash uchun tanlangan cho‘lg‘amni tayyorlashda rangli metalni kam sarflanishi;
5. Cho‘lg‘amni tayyorlash texnologiyasi iloji boricha oddiy bo‘lishi shart.
Yakor cho‘lg‘amlari uning magnit o‘zagida joylashganligi sababli baraban tipidagi cho‘lg‘am deyilib ikki turda tayyorlanadi: 1) Sirtmoqsimon (37,a-rasm); 2) To‘lqinsimon (37,b-rasm) va baozi xollarda sirtmoqsimon va to‘lqinsimon seksiyalardan tayyorlangan aralash cho‘lg‘amlar xam qo‘llaniladi: xar bir seksiyani boshi va oxiri bo‘lganligi va xar bir kollektor tunukaga ikkita o‘tkazgich ulanganligi sababli kollektor tunukalarining soni K seksiyalar soni S ga teng bo‘ladi.