Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


O‘zgarmas tok mashinalarining ishlash prinsipi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə38/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

3. O‘zgarmas tok mashinalarining ishlash prinsipi


Bizga maolumki, o‘zgarmas tok mashinasining stator va yakorlarining magnit o‘zaklari ferromagnit materiallardan tayyorlanadi. O‘zgarmas tok mashinasining yakorini aylantirilganda, qo‘zatish cho‘lg‘ami xosil qilgan asosiy magnit maydon kuch chiziqlari bilan kesishgan yakorp cho‘lg‘amlarida elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Yakor cho‘lg‘amidagi elektr yurituvchi kuchning yo‘nalishi o‘ng qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi. Magnit maydon o‘zgarmas bo‘lganligi sababli cho‘lg‘amdagi elektr yurituvchi kuch aylanish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Yakor cho‘lg‘amining bitta o‘tkazgichidagi elektr yurituvchi kuch


(1-1)

bu yerda:V - xavo bo‘shligidagi magnit maydon induksiyasi; - o‘tkazgichning uzunligi; V = 2rn - o‘tkazgichning chiziqli tezligi.
Seksiyaning o‘tkazgichlari simmetrik bo‘lganligi sababli, ularda bir xil kattalikdagi elektr yurituvchi kuchlar xosil bo‘lib, ular kontur bo‘yicha qo‘shiladi va chiziqli tezlik bilan aylanayotgan yakor cho‘lg‘amining bitta o‘ramidagi elektr yurituvchi kuch quyidagicha bo‘ladi:


(1-2)
Yakor cho‘lg‘amlari navbatma-navbat shimoliy va janubiy qutb o‘zaklari ostida bo‘lganligi sababli xosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuch o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi (32.a-rasm). Elektr yurituvchi kuchning tarqalish formasi vaqtga boliq ravishda induksiya V ning xavo bo‘shlii bo‘ylab tarqalish xarakteriga o‘xshash bo‘ladi. Lekin yakor cho‘lg‘amidagi o‘zgaruvchan tok kollektor yordamida o‘zgarmas tok ko‘rinishiga keltirilib, tashqi zanjirga uzatiladi. xaqiqatan xam yakor bilan birga kollektor 90 ga burilganda yakorni o‘tkazgichlaridagi e.yu.k ning yo‘nalishini o‘zgarishi bilan bir vaqtda cho‘tkalar octidagi kollektor plastinalari xam almashadi. Shuning uchun yuqoridagi cho‘tka ostidagi kollektor plastinasi doim shimoliy qutb o‘zagi ostidagi joylashgan o‘tkazgich bilan ulangan bo‘lib, pastdagi cho‘tka ostida joylashgan kollektor plastina bilan esa janubiy qutb o‘zagi ostida joylashgan o‘tkazgich ulangan bo‘ladi. Shunday qilib, kollektor yordamida yakor cho‘lg‘amidagi o‘zgaruvchan tok to‘rilanib, tashqi zanjirga o‘zgarmas tok ko‘rinishida uzatiladi. Yakor cho‘lg‘amidagi tokning o‘zgarish egri chiziini (32,a-rasm) abssissa o‘qining pastidagi yarim davrini ishorasini o‘zgartirib, tashqi zanjirdagi tok va kuchlanishning egri chiziini xosil qilishi mumkin (32,b-rasm). Tashqi zanjirdagi tokning pulosatsiyalanishi kamaytirish uchun ancha murakkab konstruksiyada tayyorlangan yakor cho‘lg‘ami va kollektor qo‘llaniladi. Ikki qutbli mashinalarda elektr yurituvchi kuchning chastotasi yakorning aylanishlar soniga teng f=n. Agar mashinada juft qutblar soni r bo‘lsa, u xolda elektr yurituvchi kuchning chastotasi f = rn bo‘ladi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin