Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə37/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

2. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi


Oddiy o‘zgarmas tok mashinasining sxematik ko‘rinishi 31-rasmda ko‘rsatilgan. O‘zgarmas tok mashinalari asosan ikki qismdan iborat: qo‘zalmas qismi stator va aylanadigan qismi yakordan iborat. Stator o‘z navbatida yarmodan, asosiy qutb o‘zagidan, qo‘zatish cho‘lg‘amidan, qo‘shimcha qutblardan, qo‘shimcha qutb cho‘lg‘amlardan va boshqa konstruktiv elementlardan iborat.


O‘zgarmas tok mashinalarining asosiy qutblarini magnit o‘zagi asosan qalinligi 0.51 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘latdan yiiladi baozi xollarda konstruktiv po‘latlardan xam tayyorlanishi mumkin.
Elektr mashinalarning magnit o‘zaklari issiq xolda juvalangan E41, E42, E43 markali yoki sovuq xolda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashinalarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq xolda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng qo‘llanilmoqda.
Elektr mashinalarning magnit o‘zaklaridagi induksiya asosan 1,2–1,5 Tl, issiq xolda juvalangan po‘latlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit o‘zagi sovuq xolda juvalangan po‘latdan tayyorlangan magnit o‘zaklarda induksiya 1,0-1,5 Tl ni tashkil etadi.
Magnit oqimi statsionar rejimlarda o‘zgarmasdan qolganligi sababli o‘zgarmas tok mashinalarida asosiy qutb magnit o‘zaklarining tunukalari bir-biridan laklar bilan ximoya qilinmaydi.


31-rasm. Oddiy o‘zgarmas tok mashinasi
1. Asosiy qutb o‘zaklari; 2. yakorp; 3. kollektor plastinalari; 4. cho‘tkalar.


Katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalari-ning o‘tish jarayonlarini yaxshilash maqsadida aso-siy qutb o‘zagining xavo bo‘shliiga yaqin qismida pazlar frezalanib, bu pazlarga kompensatsiya-lovchi cho‘lg‘am seksiyalari joylashtiriladi. Bu sek-siyalar o‘zaro ketma-ket ulanib, cho‘tkalar orqali yakor cho‘lg‘ami bilan xam ketma-ket ulanadi. Qo‘-shimcha qutb o‘zaklari yaxlit o‘zakdan tayyorlanadi va ikkita asosiy o‘zaklar o‘rtasiga joylashtiriladi. Qo‘shimcha qutb cho‘lg‘amlari kommutatsiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, shuning uchun kompensatsiyalovchi cho‘lg‘amlarga o‘xshash yakor cho‘lg‘ami bilan ketma-ket ulanadi. O‘zgarmas tok mashinalarining qo‘zatish cho‘lg‘amlari misdan tayyorlanib, asosiy qutb o‘zaklariga o‘rnatiladi, yaxshiroq sovutish uchun cho‘lg‘amni bir necha qismlarga bo‘linib, qismlar orasida sovutish kanallari xosil qilinadi. O‘zgarmas tok mashinasining qo‘zatish cho‘lg‘ami yordamida asosiy magnit oqim xosil qilinadi.
O‘zgarmas tok mashinasining yakori quyidagi elementlardan: valdan, magnit o‘zakdan, kollektordan, cho‘lg‘amdan va boshqa yordamchi elementlardan iborat. O‘zgarmas tok mashinasining vali konstruktiv po‘latdan tayyorlanadi. Yakorning magnit o‘zagi qalinligi 0.350.5mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat tunukalaridan yiiladi, tunukalar bir-biridan maxsus izolyatsiyalovchi laklar bilan qoplanadi, lakning qalinligi yakorning kuchlanishiga bolik. Yakorning magnit o‘zagini yaxshiroq sovutish maqsadida yakorning o‘qi bo‘yicha magnit o‘zak aloxida paketlarga bo‘linadi Magnit o‘zakning o‘rta qismini sovutish qiyin bo‘lganligi uchun o‘zakning o‘rtasida joylashgan paketlarni o‘lchami kichik bo‘ladi. Yakorning paketlarga bo‘lingan magnit o‘zagini sovutish uchun radial va aksial sovutish kanallaridan foydalaniladi. Bu kanallarning kengligi 10 mm gacha bo‘ladi. Yakorning cho‘lg‘amlari misdan tayyorlanadi. Cho‘lg‘amlarni tayyorlash uchun cho‘lg‘amning yoyilgan sxemasi chiziladi, altaklarning boshi va oxiri kollektor tunukalariga ulanadi. Kollektor o‘zgarmas tok mashinalarida mexanik to‘rilagich vazifasini bajaradi.
O‘zgarmas tok mashinalarida kollektor misdan tayyorlangan aloxida kollektor tunukalaridan yiiladi, so‘ngra valga o‘rnatiladi. Kollektor tunukalari orqali o‘zgarmas tok ge-neratorlaridan elektr quvvat isteomolchilarga elektr cho‘tkalar orqali uzatiladi, dvigatel rejimida esa cho‘tkalar orqali yakor cho‘lg‘amiga elektr quvvati keltiriladi. Yakorning valiga o‘zgarmas tok mashinalarining sovutish sistemasini yaxshilash maqsadida xavo purkagichi (ventilyator) o‘rnatiladi. Katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalarida podshipniklar aloxida shitlarga o‘rnatiladi. Katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalarida magnit o‘zak segmentlar ko‘rinishidagi elektrotexnik tunukalaridan yiilishi mumkin. O‘zgarmas tok mashinalarning yarmosi uning korpusi xam bo‘lib xisoblanadi. Mashinaning yarmosi asosan konstruktiv po‘latdan tayyorlanadi, baozi xollarda yarmoni tayyorlash uchun cho‘yan xam ishlatiladi.
O‘zgarmas tok mashinalarida, shuningdek, cho‘tkalar o‘rnatiladigan cho‘tka ushlagichlardan foydalaniladi. Cho‘tkalarni kollektor yuzasiga tegib turishini taominlash uchun po‘lat prujinalar qo‘llanadi. Kollektorning yuzasi cho‘tkaning sirpanishi va cho‘tka bilan kollektor orasidagi baozi xollarda xosil bo‘ladigan uchqunlar taosirida tez yemiriladi, yemirilgan kollektorni maxsus tekkislash stanoklarida tekislanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin