Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


O‘ZGARMAS TOK MAShINALARINING TUZILIShI VA IShLASh PRINSIPI, MAGNIT ZANJIRINI XISOBLASh



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə36/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

O‘ZGARMAS TOK MAShINALARINING TUZILIShI VA IShLASh PRINSIPI, MAGNIT ZANJIRINI XISOBLASh.




Reja:

  1. O‘zgarmas tok mashinalarining qo‘llanilishi.

  2. O‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi.

  3. O‘zgarmas tok mashinalarining ishlash prinsipi.

  4. o‘zgarmas tok mashinalarining magnit zanjirini xisoblash.

Tayanch suzlar va iboralar.
Stator, yakor, asosiy kutb uzagi, yarmo, kuzgotish chulgami, elektrotexnik pulat, magnit okim, kollektor, shetkalar.


1. O‘zgarmas tok mashinalarining qo‘llanilishi.


Elektr mashinalar yordamida mexanik energiyani elektr energiyasiga va aksincha elektr energiyani mexanik energiyaga shuningdek, elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish mumkin. Mexanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartirish maqsadida elektr generatorlardan foydalaniladi. Generatorlarni bu, gidravlik va gaz turbinalar, ichki yonar dvigatellar va boshqa dvigatellar yordamida xarakatga keltiriladi. Ko‘pincha elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya yana turli mashina va mexanizmlarni xarakatga keltirish uchun mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunday maqsadlarda elektr dvigatellardan foydalaniladi.


Tokning turiga asosan elektr mashinalar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok mashinalariga bo‘linadi. Elektr mashinalar vattning juda kichik qiymatidan million kilovattgacha va undan yuqori quvvatlarda tayyorlanadi. Ko‘p qo‘llaniladigan elektr mashinlarda energiyaning o‘zgarishi magnit maydon taosirida bo‘ladi. Shuning uchun ularni induktiv elektr mashinalar deyiladi. Shuningdek, energiyani elektr maydon taosirida xam o‘zgartirish mumkin, bunday elektr mashinalarini siimli elektr mashinalar deyiladi, lekin bunday mashinalar ko‘p tarqalmagan. Magnit maydon yordamida elektr maydonga nisbatan ming martagacha katta energiya xosil qilinishi mumkin. Bir xil o‘lchamli induktiv va siimli elektr mashinalaridan induktiv mashinalar yordamida ancha katta quvvatga erishish mumkin. Elektr mashinaning asosiy elementi bo‘lib xisoblangan ferromagnit o‘zaklar yordamida kuchli magnit maydon xosil qilish mumkin. O‘zgaruvchan magnit maydonlarda uyurma toklarini kamaytirish maqsadida magnit o‘zaklar yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalardan tayyorlanadi. Elektr mashinalarining cho‘lg‘amlari xam asosiy elementlardan xisoblanib, mis, alyuminiy va ularning qotishmalaridan iborat bo‘lgan elektrotexnik materiallardan tayyorlanadi. Cho‘lg‘amlarni ximoyalash maqsadida, turli elektr ximoyalash materiallardan foydalaniladi. Elektr mashinalar generator va dvigatel rejimida qo‘llanilishi mumkin. Elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi quvvat isroflari bilan boliq, shuning uchun elektr mashinalarining foydali ish koeffitsientlari 100% dan kichik bo‘ladi. Katta quvvatli elektr mashinalarining FIK i 98 ¸ 99.5% ga teng bo‘lib, quvvati 10 Vt gacha bo‘lgan elektr mashinalariniki 20 ¸ 40 % gacha bo‘ladi.
Elektr mashinalarni quvvatlariga nisbatan quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin:
0.5 kVt gacha juda kichik mashinalar yoki mikromashinalar;
0.5 ¸ 20 kVt - kichik quvvatli mashinalar;
20 ¸ 250 kVt o‘rtacha quvvatli mashinalar va 250 kVt dan ortiq quvvatli mashinalarga katta quvvatli mashinalar.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin