Elektrotexnika va elektronika asoslari


-Mavzu boyicha o’quvchilarning bilimlarini tekshirish uchun na’munaviy savollari



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə116/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

29-Mavzu boyicha o’quvchilarning bilimlarini tekshirish uchun na’munaviy savollari.

  1. Mikrоchizmаlаr vа gibritkаlаr xаqidа tushunchаlаr.

  2. Kuchlаnish, tоk, quvvаti, kuchаytirish.

  3. Elektrоn kuchаytirgichlаr chizmаsi vа ishlаsh jаrаyoni.

  4. Umumiy ma’lumot Kuchaytirgich tavsifi.

  5. Tranzistorlarda qurilgan bir kaskadli kuchaytirgichlar.

  6. Termoelektron emissiya, kaskad, tranzistor, P-N-P o’tkazuvchanlik klasifikatsiya, bipolyar va maydon tranzistorlari.

  7. Kuchaytirish koeffitsienti

  8. Kuchaytiriladigan chastota oralig’i

  9. Kirish kuchlanishi (sezgirligi)

  10. Kuchaytirgichning chiqish quvvati

  11. Foydali ish koeffitsienti

  12. Signalni to’g’ri chiqishi yoki buzilishi


Mavzu: 29- Mikrоchizmаlаr vа gibritkаlаr xаqidа tushunchаlаr. 1.Kuchlаnish, tоk, quvvаti, kuchаytirish. 2.Elektrоn kuchаytirgichlаr chizmаsi vа ishlаsh jаrаyoni.
Reja:
1.Umumiy ma’lumot Kuchaytirgich tavsifi.
2.Tranzistorlarda qurilgan bir kaskadli kuchaytirgichlar.
3. Termoelektron emissiya, kaskad, tranzistor, P-N-P o’tkazuvchanlik klasifikatsiya, bipolyar va maydon tranzistorlari.
Xosil qilingan elektr tebranishlarni kuchaytirish juda muxim texnologik jarayondir. O’zaro aloqada elektrotexnikaning eng muxim masalasi ham shu kuchaytirish jarayoniga bog’liq. Elektron lampali va tranzistorli kuchaytirgichlarning ishi vakuumli lampalarda boshqaruvchi to’r va tranzistorlarda elektr tebranishlarni kuchaytirish xossasidan foydalanishga asoslangan. Elektron lampali kuchaytirgichlarni o’rganishda, dastavval uch elektrodli elektron lampani ishlash printspini yaxshi o’rganish kerak. Elektr tebranishlarni kuchaytiruvchi qurilma past chastotani kuchaytirgichlar (PChK) deyiladi. Odatda chastotasi f-50Gts-12kGts gacha bo’lgan chastotalar past chastotalar deb qabul qilingan.
Past chastotali kuchaytirgich bir kaskadli yoki ko’p kaskadli bo’ladi. Ularning asosiy vazifasi zanjirdagi kuchlanish va quvvatni kuchaytirishdan iborat. Bunday turdagi kuchaytirgichlarni elektron lampalar, tranzistorlar, magnit elementlar va boshqa integral mikrochizmalar yordamida ko’rish mumkin.
Кириш Чикиш Кувват кучайтиргич Кучланиш кучайтиргич 1-1-rasm. Past chastotali kuchaytirgich. Kuchaytirgich ko’rsatgichlari.
1. Kuchaytirish koeffitsienti
2. Kuchaytiriladigan chastota oralig’i
3. Kirish kuchlanishi (sezgirligi)
4. Kuchaytirgichning chiqish quvvati
5. Foydali ish koeffitsienti
6. Signalni to’g’ri chiqishi yoki buzilishi
-Kuchaytirish koeffitsienti “K” bilan belgilanadi. k r U U ;К k r i I ;K bu erda U k -Kuchaytirish kirish kuchlanishi (v) U r - Kuchaytirish chikish kuchlanishi (v) r I -Kuchaytirish chikish toki (a) Uk -Kuchaytirish kirish toki (a) Kuchaytirgichlar tavsifi. Avtomatik boshqarish tizimlari, radiotexnika, radiolokatsiya va boshqa tizimlarda kichik quvvatli signallarni kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Kichik quvvatli o’zgaruvchan signalning parametrlarini buzmasdan doimiy kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib beruvchi qurilma kuchaytirgich deb ataladi. Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi elementi, rezistor, kondensator chiqish zanjiridagi doimiy kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat. Bitta kuchaytiruvchi elementi bo’lgan zanjir kaskad deb ataladi.
Kuchaytiruvchi element sifatida qanday element ishlatilishiga qarab kuchaytirgichlar elektron, magnitli va boshqa xil turlarga bo’linadi. Ish rejimiga ko’ra ular chiziqli va nochiziqli kuchaytirgichlarga bo’linadi. Chiziqli ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlar kirish signali shaklini uzgartirmasdan kuchaytirib beradi. Chiziqli bo’lmagan ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlarda esa kirish signali ma’lum kiymatga erishganidan so’ng chiqishdagi signal o’zgarmaydi.
Chiziqli rejimda ishlaydigan kuchaytirgichlarning asosiy tavsifi, amplituda chastota tavsifi (AChT)dir. Bu tavsif bo’yicha kuchaytirish koeffitsientini moduli chastotaga qanday bog’likligini ko’rsatadi. AChTsiga ko’ra chiziqli kuchaytirgichlar tovush chastotalar kuchaytirgichi (TChK), quyi chastotalar kuchaytirgichi (QChK), yuqori chastotalar kuchaytirgichi (YuChK), sekin o’zgaruvchan signal kuchaytirgichi yoki o’zgarmas tok kuchaytirgichi (O’TK) va boshqalarga bo’linadi. Tranzistorlarda qurilgan bir kaskadli kuchaytirgichlar. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchm element sifatida ikki qutbli yoki bir qutbli tranzistorlar ishlatiladi.
Kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi. Boshqariladigan element (tranzistor)ning kirish zanjiriga kuchlanish (U кир ) beriladi va kirish toki ( кир I ) hosil bo’ladi. Kichik kirish toki chiqish zanjiridagi tokda o’zgaruvchan tashkil etuvchini hamda boshqariladigan elementning chiqish zanjirida kirish zanjiridagi kuchlanishdan ancha katta bo’lgan o’zgaruvchan kuchlanish hosil qiladi. 1-rasmda umumiy emittorli (UE) kuchaytirish kaskadining chizmasi hamda kirish va chiqish tavsiflari ko’rsatilgan. Kuchaytirish kaskadlari UE, UB, UK chizmalar bo’yicha yig’iladi. Umumiy kollektorli (UK) chizma tok va quvvat bo’yicha kuchaytirish 1imkoniyatiga ega. Bunda u k chizmaga asosan, kaskadning yuqori chiqish qarshiligini isteemolini aniqlash lozimdir. Tranzistorli kuchaytirgichning chizmasini ko’rib chiqamiz. Bu kuychaytirgich tokni ham, kuchlanishni ham kuchaytirish imkoniyatiga ega. Kuchaytirish kaskadining asosiy zanjiri tranzistor (VT); qarshilik R k va manba Ek dan iborat. Qolgan elementlar yordamchi sifatida ishlatiladi. C1 kondensator kirish sig’imini o’tkazmaydi, tranzistor bazasi U б va R2 qarshilikka bog’liq bo’lmaydi. Kondensator C2 iste’molchi zanjiriga chiqish kuchlanishning o’tkazish uchun xizmat qiladi. R1 va R2 rezistorlar kuchlanish bulib turib kaskadning boshlang’ich holatini ta’minlab beradi.

O’QUVCHILARNING O’ZLASHTIRISHINI BAHOLASH MYEZONLARI






Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin