15-Mavzu boyicha o’quvchilarning bilimlarini tekshirish uchun na’munaviy savollari. 1.Elektr yuritma deb nimaga aytiladi ?
2.Ko’p dvigatelli elektr yuritma deb nimaga aytiladi ?
3.Avtomatlashtirilgan elektr yuritma deb nimaga aytiladi ?
4. Avtomatik elektr yuritma yoki mashinalarining avtomatik liniyalari deb nimaga aytiladi ?
5.Elektr yuritmaning qanday turlarini bilasiz ?
6. Elektr yuritmaning qanday qismlarini bilasiz ?
7.Mexanik xarakteristika nima?
8.Mexanizmlarning mexanik xarakteristikalari nima?
9.Inersiya va dinamik momentlar qanday aniqlanadi?
10.Dvigatelning yurgizish toki qanday chegaralanadi?
11.Reostat xarakteristika nima?
12.AD ga tushuncha bering?
M avzu: 15- Zаmоnаviy kоrxоnаlаrdаgi elektrik yuritmа. 1.Elektrik yuritmа to'g'risidа tushunchаlаr. REJA: 1. Elektr dvigatelllrning qizishi va sovitilishi
2. Dvigatellarning ish rejimlari va ularning quvvatini hisoblash
3. Uzoq muddatli rejim
Ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun qo’llaniladigan elektromexanik tizimga elektr yuritma deyiladi. Elektr yuritma boshqaruvchi va uzatish qurilmalaridan, dvigatelning o’zidan va ishchi mexanizmdan iborat. Boshqaruvchi qurilma elektr yuritmaning ishini boshqaradi. Masalan, kuchlanish qiymatini va chastotasini, ishchi mexanizmi quvvatini, dvigatelning aylanish yo’nalishini. Uzatish mexanizmi ishchi mexanizmning aylanish tezligini o’zgartirib beradi. Lekin u reduktor sifatida ham tayyorlanishi mumkin. Bunda uzatish mexanizmi yordami bilan yuritmaning tezligini o’zgartirish mumkin emas.
Hozirgi vaqtda elektr yuritmalar uchta guruhta bo’linadi: 1) guruhli, 2) yakka, 3) ko’p dvigatelli. Guruxli yuritmada bitta dvigatel uzatish qurilmalari yordamida ko’p mexanizmlarni harakatga keltiradi. Yakka yuritmalarda ishchi mexanizm shaxsiy dvigatel yordamida xarakatga keltiriladi. Lekin ishchi mexanizmning elementlari uzatishlar orkali o’sha dvigatel bilan ulanadi. Ko’p dvigatelli yuritmalarda ishchi mexanizmning har bir elementini harakatga keltirish uchun alohida dvigatellar o’rnatilgan. Masalan, universal dastgohlarda shpindel, support va boshqa elementlar bitta dvigatel orkali harakatga keltiriladi. Og’ir dastgohlarda har bitta mexanizm uchun alohida dvigatel o’rnatilgan.