Elektrotexnika va elektronika asoslari


elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasi



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə86/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasi — elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmuasi o‘rnatiladigan elektr energetika obyektidagi nuqta. Elektr energiyasini hisob-kitob hisobini yuritish nuqtalarining joylashishi o‘zaro bog‘langan energetika korxonalari o‘rtasidagi shartnomalarda (odatda, balans bo‘yicha mansublik chegarasida) oldindan kelishiladi;
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish ma’lumotlarini yig‘ish — energetika korxonalari o‘rtasida elektr energiyasini (quvvatini) oldi-sotdi va uzatish shartnomalari bo‘yicha zarur bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasidan hisoblash davri (kalendar oyi) uchun ma’lumotlarni olish va qayta ishlash jarayoni.
Umumiy qoidalar
2. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida qatnashayotgan energetika korxonalarning faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak:
milliy energetik resurslardan oqilona foydalanish, energiya va ishlab chiqarish potensialidan samarali foydalanish. Energiya ta’minoti tizimini loyihalash, qurish, kengaytirish, qayta jihozlash va ekspluatatsiya qilishda energiyadan oqilona foydalanish masalasi bu ishlarning zaruriy qismini tashkil etishi kerak;
elektr energiyasini uzatish va taqsimlash rejimlarini maqbullashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarish hisobiga energiya va yoqilg‘i sarfini kamaytirish;
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritishni tashkil etish;
tezkor-dispetcherlik boshqaruvini tashkil etish;
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, uzatuvchi va taqsimlovchi elektr qurilmalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash.
3. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida qatnashuvchi xo‘jalik subyektlarining yangidan qurilayotgan va qayta jihozlanayotgan elektr qurilmalarini loyihalash Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari, shaharsozlik me’yorlari va qoidalari, shuningdek boshqa normativ hujjatlari talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
4. Elektr qurilmalarni ekspluatitsiya qilish, ta’mirlash, sozlash va boshqa ishlar O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 36 (120)-son, 405-modda), Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, Elektr stansiyalarining uskunalari, bino va inshootlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish qoidalari va Energetik korxonalar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarining (ro‘yxat raqami 1341, 2004-yil 22-aprel — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘plami, 2004-y., 16-son, 194-modda) talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
5. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida qatnashuvchi xo‘jalik subyektlarining elektr qurilmalari elektr uskunalarini sinash qoidalari va me’yorlarining talablariga muvofiq sinovdan o‘tkazilishi shart.
6. Elektr energiyasining ishlab chiqarilayotgan, uzatilayotgan va taqsimlanayotgan umumiy hajmi hisobga olinishi majburiydir. Hisobga olish davlat standartlari va o‘lchash aniqliklari me’yoriga muvofiq bajariladi.
7. Elektr energiyasini hisobga olish vositalarini metrologik nazorat qilish, davlat metrologik xizmati organlari va yuridik shaxslarning metrologik xizmati tomonidan bajariladi.
8. Elektr energiyasining sifatini nazorat qilish “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Elektr energiyasini (quvvatini) ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashda energetika korxonalari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiat muhofazasi to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish haqida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida”gi qonunlarining va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak.
11. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari hamda ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin