Elektrotexnika va elektronika asoslari



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə85/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

blok stansiyalar — iste’molchilarning yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmog‘i orqali ulangan, hamda tezkor-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
energetika korxonalari — elektr energiyani (quvvatni) ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish jarayonida ishtirok etuvchi korxonalar (elektr energiyani ishlab chiqaruvchi korxonalar, magistral elektr tarmoqlari korxonalari, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, blok stansiyalar, shuningdek magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilayotgan yuridik shaxslarning elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlari);
elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi — elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar bilan elektr energiyasini xarid qilish, hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini sotish, magistral elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasi uzatish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi berilgan elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organning tarkibiy qismi;
hisob-kitob davri — uning doirasida elektr energiyasi (quvvati) iste’moli sarfi (hajmi) belgilanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi shart bo‘lgan vaqt davri (oy);
hisob-kitob amalga oshiriladigan elektr energiyasini hisobga olish uskunasi — elektr energiyasini hisobga olish uskunasi bo‘lib, iste’mol qilingan elektr energiyasining haq to‘lanishi lozim bo‘lgan hajmi uning ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi;
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish — elektr energiya uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisobga olish asboblarining ko‘rsatgichlariga asoslanadigan, elektr energiyasini (quvvatini) ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishda uning haqiqiy hajmlarini o‘lchash tizimi;
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmui — elektr energiyasi (quvvati) uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan hisoblash majmui yoki ularning yig‘indisi, shuningdek o‘zaro bir-biri bilan belgilangan chizma bo‘yicha ulangan bir birikmaning qurilmalari yig‘indisidan tashkil topadigan va elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish uchun mo‘ljallangan uskunalar (tok va kuchlanishning o‘lchash transformatorlari, schetchiklar, telemetrik datchiklar, informatsion-o‘lchash tizimlari va ularning aloqa tarmoqlari va boshqalar) elektr energiyani hisobga olishning o‘lchash majmuini tashkil etadi;

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin