Elektrotexnika va elektronika asoslari


Reja: 1. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə84/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

Reja:
1. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash.
2. Asosiy atamalar va tushunchalar.
3.Gidroelektr stansiyalari.
4.Shamol elektr stansiyalari.
5.Issiqlik elektr stansiyalari.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 118-modda) va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 40-son, 431-modda) qonunlariga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish jarayonining yagona tartibini o‘rnatadi, shuningdek ushbu jarayonda ishtirok etayotgan ho‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.
Asosiy atamalar va tushunchalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr energetikasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi;
yagona elektr energetika tizimi — elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari majmui va ularning tezkor-dispetcherlik boshqaruvi;
elektr tarmoq — elektr energiyasini uzatish va taqsimlashga mo‘ljallangan elektr tarmoqlari ho‘jaligi obyektlari maj

mui;
elektr energiyasining tranziti — bir davlat elektr tarmoqlari orqali, boshqa davlat hududida ishlab chiqarilgan va uchinchi davlat hududiga mo‘ljallangan elektr energiyasini uzatish;


elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish tarmoqlari va yordamchi uskunalar yig‘indisi (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
elektr stansiyasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan qurilish qismidan, elektr energiyasini o‘zgartirish uchun uskunalardan va yordamchi uskunalardan tashkil topgan elektr qurilma;

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin